Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

18 Avgust 2023

Davaktiv agentligi xodimlari uchun korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining salbiy oqibatlari toʻgʻrisida seminar oʻtkazildi

Joriy yil 17-avgust kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi binosida markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tuzilmalar rahbarlari va xodimlari uchun “Korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining salbiy oqibatlari” mavzusida seminar tashkil qilindi.

Mazkur seminar Davaktiv agentligi direktori oʻrinbosari Muhammadnosir Kadirov boshchiligida boʻlib oʻtdi. Shu bilan birga, tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Sherzod Saparov oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etdi. Maʼruzada korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining salbiy oqibatlari haqida hamda korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori boʻlgan lavozimlar boʻyicha korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularga chek qoʻyish haqida batafsil tushuncha berildi.

Shuningdek, Sh.Saparov korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabablarni birma bir keltirib oʻtdi. Bundan tashqari, korrupsiyaga imkon beruvchi sabablarni bartaraf etish yoʻlari haqida toʻxtalib oʻtildi. Xususan, ochiqlik va hisobdorlik, byurokratik toʻsiqlarning bartaraf etish, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, samarali ichki nazorat tizimi, samarali ijtimoiy himoya, davlat xizmatlarini koʻrsatishni raqamlashtirish, korrupsiyaga qarshi ekspertizani amalga oshirishdir.

Mavzu yuzasidan Davaktiv agentligi xodimlari savollar bilan faol ishtirok etib, qiziqtirgan barcha maʼlumotlarni olishdi hamda mehnat faoliyatlari davomida manfaatlar toʻqnashuviga duch kelgan taqdirda belgilangan tartibda axborot berishlari zarurligi toʻgʻrisida yana bir bor xabardor boʻlishdi.

1489 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech