Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

17 Yanvar 2024

Davaktiv agentligi va Germaniya Federativ Respublikasining Oʻzbekistondagi muxtor elchisi ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi

Joriy yilning 16-yanvar kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi binosida Davaktiv agentligi rahbariyati va Germaniya Federativ Respublikasining Oʻzbekistondagi muxtor elchisi Tilo Klinner ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv maqsadi istiqbolda belgilangan davlat aktivlarini xususiylashtirish dasturi boʻyicha fikr almashish va kelgusi hamkorlik, jumladan, Germaniya biznes vakillarini Oʻzbekistondagi xususiylashtirish dasturi bilan tanishtirish masalalari muhokamasi boʻldi.

Uchrashuvda, Davaktiv agentligi rahbariyati tomonidan Agentlikning asosiy vazifalari, mazkur yoʻnalishni isloh etish boʻyicha qabul qilingan Qonunlar va tegishli normativ huquqiy hujjatlar, xususiylashtirish dasturi va Germaniya bilan hamkorlik aloqalari boʻyicha maʼlumot berildi.

Maʼlumot uchun: Agentlikning Germaniya bilan hamkorlik aloqalari uzoq yillarga borib taqalib, 2009-yilda Oʻzbekistonning davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organi va Germaniya Federal Moliya vazirligi oʻrtasida ilk hamkorlik bitimi imzolangan. Oʻtgan yillar davomida, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonun, Korporativ boshqaruv kodeksi hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Shu bilan birga, avval maʼlum qilinganidek, Germaniya Moliya vazirligi departamenti direktori Andreas Kerst 2023-yil oktyabr oyida Oʻzbekistonga kelgan hamda Davaktiv agentligi xodimlari uchun amaliy seminarlar tashkil etilgan.

Shuningdek, uchrashuv davomida Germaniyaning DMT kompaniyasi Dehqonobod kaliy zavodida mineral zaxiralarni JORC standartlari asosida baholab berayotgani, yaqinda Knauf kompaniyasi tomonidan Toshkentda joylashgan Texnoparkdagi bir korxonani sotib olish jarayoni yakunlanayotgani maʼlum qilindi.

Germaniya Federativ Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi muxtor elchisi Tilo Klinner Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bunday keyin ham texnik koʻmak berishga tayyor ekanligini bildirdi va bugungi uchrashuvning asosiy maqsadlaridan biri bu xususiylashtirish dasturini Germaniya biznes vakillariga yetkazish ekanligi, joriy yil 18-yanvar kuni 3 haftaga Germaniyaga xizmat safariga ketayotgani, u yerda Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qoʻmitasining yillik yigʻilishida ishtirok etishini maʼlum qildi.

Shuningdek, Sharqiy qoʻmitaning yillik yigʻilishida Germaniya biznes soha vakillarini Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan xususiylashtirish jarayoniga jalb qilish niyatida ekanligi va bunda O'zbekistonda sotilishi belgilangan aktivlar, jumladan, transport, logistika, kaliy va mineral oʻgʻitlar bilan shugʻullanadigan korxonalar, MobiUz va boshqa korxonalar toʻgʻrisida taqdimotlar namoyish etishini taʼkidlab oʻtdi.

1250 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech