Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

21 Iyul 2023

Islom taraqqiyot banki guruhi bilan xususiylashtirish jarayonlarida hamkorlik oʻrnatildi

Joriy yil 20-iyul kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortikov va Islom taraqqiyot banki guruhiga kiruvchi Investitsiyalar va eksport kreditlarini sugʻurtalash islom korporatsiyasi (keyingi oʻrinlarda – ICIECbosh direktori Usama Kaissi o'rtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan O'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur Memorandum tomonlar oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik va ishonch tamoyillariga muvofiq tuzilgan boʻlib, uning doirasida savdo, investitsiyalar, xususiylashtirish va korporativ boshqaruv sohasida malaka va tajribani oshirish maqsadida axborot almashish yoʻnalishida hamkorlik amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, Memorandum xususiylashtirish sohasida hamkorlikka, xususan, ICIEC mijozlari bazasi va yirik tadbirkorlar oʻrtasida Oʻzbekistonda xususiylashtirilayotgan davlat aktivlari toʻgʻrisida reklama kampaniyalarini oʻtkazish orqali salohiyatli investorlarni jalb qilishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

Bundan tashqari, Memorandum bilan Oʻzbekistonda xususiylashtirish va korporativ boshqaruv jarayonlarini rivojlantirishni amaliy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan jarayonni boshlash rejalashtirilgan. Xususan, seminarlar, ishchi uchrashuvlar tashkil etish, shuningdek, har ikki tomon vakillarining dolzarb masalalar va kelishilgan mavzular boʻyicha oʻzaro tashriflari va suhbatlar koʻrinishida barcha zarur yordam koʻrsatiladi. Zarur hollarda oʻzaro kelishuvga koʻra boshqa muassasalar vakillari ham axborot va tajriba almashishda ishtirok etishlari mumkin.

Maʼlumot uchun:

Investitsiyalar va eksport kreditlarini sugʻurtalash islom korporatsiyasi - eksport va kredit sugʻurtasi tashkiloti hamda Islom taraqqiyot banki guruhining aʼzosi boʻlib, bosh qarorgohi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan. ICIEC aʼzo mamlakatlarning iqtisodiy faoliyati yoki loyihalariga taalluqli savdoni moliyalashtirish va investitsiya operatsiyalarining barcha sinflari uchun turli sugʻurta mahsulotlarini faol yetkazib beruvchi tashkilot hisoblanadi.

1483 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech