Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

03 Noyabr 2022

«Qizilqum Fosforit Kompleksi» MCHJni xususiylashtirish bo‘yicha professional konsalting kompaniyasini jalb qilish to‘g‘risida eʼlon

O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o'rinlarda - Davaktiv agentligi/Buyurtmachi) tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, «Qizilqum Fosforit Kompleksi» MChJ ustav kapitalidagi 100% davlat ulushi (keyingi o'rinlarda - Аktiv)ni xususiylashtirish bo'yicha professional konsalting kompaniyasini (keyingi o'rinlarda - Konsultant) jalb qilish yuzasidan tanlov eʼlon qiladi.

Barcha qiziqish bildirgan talabgorlardan Taklif taqdim etish uchun so'rovnomaga (RfP) asosan tijorat takliflarini joriy yil 16-noyabr kuni soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar taqdim etishlarini so'raymiz.

Agar, birgalikda qo'shma tijorat taklifi taqdim etilsa, jalb qilingan sherik - konsultantning ham ishini muvofiqlashtirish uchun mas'ul bo'lgan va javobgarlikni zimmasiga oladigan asosiy konsultant ko'rastilishi lozim.

Barcha manfaatdor tomonlar quyidagi axborot kanallari orqali tijorat takliflarini taqdim etishlari so'raladi (kodlangan holda):

Otajon Ileshov - Guruh rahbari;

Теl.: + 998-71-259-21-78;

El.pochta: tender@davaktiv.uz.

Konsultantlarning vakillari bilan Bitim bo'yicha ishlar yaqin hamkorlikda, zarur hollarda esa, Aktivda qo'shimcha loyiha guruhini tuzish orqali amalga oshirilishi mumkinligi ma'lum qilinadi.

Diskleymer:

Mazkur soʼrovnoma tijorat taklifini taqdim etish majburiyati hisoblanmaydi va Buyurtmachiga taklifni qabul qilish yoki shartnoma tuzish majburiyatini yuklamaydi. Shunga koʼra, takliflar uchun ushbu soʼrovnomani eʼlon qilish va/yoki u bilan bogʼliq arizalarni olish, bir yoki bir nechta ishtirokchilar bilan muzokaralar va muhokamalar orqali shartnoma tuzishni nazarda tutmaydi.

Ushbu hujjatda keltirilgan materiallar va maʼlumotlar loyihaning faqat eng muhim tomonlarining dastlabki xulosasi va Konsulьtantdan xususiylashtirish boʼyicha kutilishi mumkin boʼlgan ishlar hajmi toʼgʼrisida umumiy maʼlumot sifatida xizmat qilishiga moʼljallangan.

Tanlov ishtirokchilari hech narsaga ishonib va bogʼlanib qolishlari kerak emas, tanlov jarayoni bilan bogʼliqlikda buyurtmachi uchun dastlabki taqdimot va takliflarni tayyorlash maqsadida yagona cheklov bundan mustasno.

 

«Qizilqum Fosforit Kompleksi» MChJni xususiylashtirish boʼyicha konsultantni jalb qilish yuzasidan taklif taqdim etish uchun soʼrovnoma (RfP)

Kirish

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 10 oktyabrdagi PQ-388-son qaroriga muvofiq, «Qizilqum Fosforit Kompleksi» MChJ ustav kapitalidagi 100% davlat ulushi xususiylashtirilishi (keyingi oʼrinlarda - Bitim) belgilangan.

Sotish jarayonlari «Qizilqum Fosforit Kompleksi» MChJning tarmoq va individual xususiyatlaridan kelib chiqib Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari doirasida eng maqbul xorijiy tajriba asosida tashkil etilishi lozim. Buyurtmachi toʼgʼri qaror qabul qilishi uchun Аktivni mustaqil baholash ishlarini amalga oshiradi.

Аktiv toʼgʼrisida qisqacha maʼlumot

«Qizilqum Fosforit Kompleksi» MChJ – fosforit kontsentrati va fosfor uni ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi. Fosforit kontsentrati ishlab chiqarish sexi 1998 yilda tashkil etilgan boʼlib, Jeroy-Sardarin koni (Toshqoʼra rudnigi) negizida flyurapatit turidagi donali fosforit rudasini qayta ishlab, boyitishga moʼljallangan. 

Ishlab chiqarish quvvati yiliga - 716,0 ming tonna;

Kompaniyaning ustav kapitali - 450,86 mlrd. soʼm;

Kompaniyaning yuridik manzili - Navoiy viloyati, Konimex tumani, Karak-ata MFY.

Konsultantlardan kutilayotgan takliflar tuzilmasi va ularga qoʼyiladigan talablar:

Konsultantning taklifi (individual ariza beruvchi yoki konsortsium) oʼzbek yoki rus/ingliz tillarida tayyorlanishi hamda quyidagi maʼlumotlarni oʼz ichiga olishi lozim:

a) Аktivni xususiylashtirish jarayonini tashkillashtirish boʼyicha konsulьtantning kelgusidagi harakatlar ketma-ketligini va ish koʼlamini oʼz ichiga olgan rejasi. Konsulьtantning tavsiyalari va takliflariga qisqa vaqt ichida tegishli javob berilgan taqdirda, xususiylashtirish jarayonning davomiyligi boʼyicha xulosasi (10 ballgacha);

b) Muvaffaqiyat uchun mukofot taklifi. Shu bilan birga, mukofot miqdori taklif qilingan Savdo strategiyasiga bog'liq va Buyurtmachi Bitimning muvaffaqiyati uchun mutanosib mukofotni (“success fee”) nazarda tutuvchi takliflarga ustunlik beradi. Xizmat haqining qatʼiy qismi yagona raqam shaklida (QQS va boshqa xarajatlar bilan birga) bo'lishi va Konsultantning subʼektiv taxminlaridan xoli bo'lishi lozim. Аgar xizmat haqi narxlar oralig'ida berilgan bo'lsa, unda taklifni baholash uchun uning yuqori chegarasi qabul qilinadi. Qo'shimcha joriy xarajatlar (xizmat safari, tarjima va boshqalar uchun) belgilangan qatʼiy qismiga kiritilishi kerak (50 ballgacha);

v) Shu toifadagi aktivlar doirasida tuzilgan bitimlar yuzasidan konsultantlarning ish tajribasi to'g'risidagi maʼlumotlar, shuningdek, 2017 yil 1 yanvar kunidan boshlab hozirgi davrga qadar MDH mintaqasidagi mandatlar to'g'risida maʼlumot (20 ballgacha);

g) Loyihani amalga oshirishdan kelib chiqib, Bitimni amalga oshirish yuzasidan ishlarni tashkil etish bo'yicha taklif. Taklif etilgan Bitimga jalb qilingan jamoa haqida maʼlumot, shaxslarning (jismoniy va yuridik) ismlari va ular haqidagi maʼlumotlar: ish tajribasi, faoliyat muddati, bitimlar tuzish bo'yicha umumiy tajriba va ularni amalga oshirish bo'yicha malakasi (20 ballgacha);

d) Qo'yilgan vazifalarni bajarish uchun yetarli salohiyat va vakolatga egaligi, shuningdek, inson, vaqt va moddiy resurslarning mavjudligi to'g'risida yozma ariza;

e) Manfaatlar to'qnashuvi mavjudligi haqida maʼlumot. Maslahatchi ushbu savdoga jalb qilingan taqdirda ziddiyatlar olib kelishi mumkin bo'lgan hollarda potentsial bitim bo'yicha salohiyatga ega ekanligini ko'rsatish.

Xususiylashtirish boʼyicha konsultantdan kutilayotgan ishlar hajmi:

I. Аktiv hamda Fosforit kontsentrati va fosfor uni ishlab chiqarish bozorini tahlil qilish:

  • O'zbekistonda va mintaqada sohani rivojlantirishdagi sharoitlarni va bozor tahlili, soha korxonalarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar;
  • boshqa (jumladan, qo'shni) davlatlarda mazkur sohada amalga oshirilgan xususiylashtirish tajribasi tahlili, ushbu turdagi aktivning xususiylashtirishdagi muvaffaqiyatsizliklarining asosiy sabablari, kelgusida sohani rivojlantirish va muvaffaqiyatli xususiylashtirishni taʼminlovchi omillar.
  • Аktivning tavsifi, uning bozor va raqobatdagi o'rni;
  • xatarlar (risk)ning tahlili: investor tahliliga muvofiq aktivni xatarga qo'yadigan potentsial yo'nalish va ehtimollarni aniqlash va bunday bitimlarning muvaffaqiyatsizligiga sabab bo'ladigan eng keng tarqalgan sabablarni oʼrganish. Аniqlangan xatarlarni kamaytirish borasida chora-tadbirlarni belgilash to'g'risida tavsiyalar berish;
  • Аktivning joriy operatsion modelini tahlil qilish va Аktivning rivojlanishiga taʼsir ko'rsatadigan cheklovlarni aniqlash;
  • Аmalga oshirilgan tahlillar asosida aktivning xususiylashtirish jarayonlarini muvaffaqiyatli tashkillashtish uchun lozim bo'lgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.

II. Aktivni sotishdan oldin tayyorlash bo'yicha maslahatlar:

  • Aktivning investitsiya jozibadorligini oshirish, eng ilg'or amaliyotlar va o'xshash (analog) aktivlarning tahlili asosida tuzilma va boshqaruvni takomillashtirish bo'yicha takliflar;
  • Aktivning har tomonlama (soliq , huquqiy, moliyaviy va ekologik) chuqur tahlilini o'tkazish (due diligence);
  • optimal marketing strategiyasi bo'yicha tavsiyalar, marketing materiallarini tayyorlash (tizer, info-memorandum, jarayon holati bo'yicha xat va boshqalar) va investorlar o'rtasida axborot materiallarini tarqatish;
    jamoatchilik bilan aloqa o'rnatish bo'yicha tavsiyalar taqdimoti, ularning savollariga javoblar;
  • baholash uslubini to'g'ri tanlash va ularning investorlar uchun dolzarbligini belgilash, narx diapazoni bo'yicha tavsiyarni taqdim etish;
  • investor nuqtai nazaridan baholashga ta'sir etuvchi asosiy omillar, asosiy ko'rsatkichlar va tahminlarni aniqlash;
  • loyiha doirasida boshqa malakali konsultantlarni jalb etish (zarur bo'lgan hollarda) va ularning ishini muvofiqlashtirish.

III. Bitim jarayoniga hamrohlik qilish:

  • Aktivni xususiylashtirishga qaratilgan barcha choralarni ko'rish, virtual ma'lumotlar xonasi (VDR)ni tashkil etish;
  • salohiyatli talabgorlar bilan aloqalarni muvofiqlashtirish, shu jumladan, ularning savollariga javoblar berish;
  • barcha zarur hujjatlarni, jumladan, oldi-sotdi shartnoma loyihasini (o'zbek tiliga tarjimasi bilan, kerak bo'lsa rus va ingliz tillarida ham) tayyorlash bilan birga sotish jarayonida hamrohlik qilish;
  • Bitimni e'lon qilish va yopishni tashkillashtirish.

(1) Agar ariza konsorsium tomonidan taqdim etilgan taqdirda, konsorsium bo'yicha kelishuvni taqdim etish, shuningdek, muvofiqlashtiruvchi asosiy maslahatchi (odatda konsorsium rahbari deb ataldi) ko'rsatish lozim. Ushbu holatda xizmatlarning umumiy qiymati ko'rsatilishi kerak.

(2) Agar konsultantlarning takliflari "a","b" va "v" bandlarida ko'rsatilgan talablardan kelib chiqib 30 balldan kam baholansa "g"bandida nazarda tutilgan baholash balli qo'llanilmaydi.

1966 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech