Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

24 Aprel 2021

Agentlikda ishga qabul bo‘yicha ochiq tanlovning dastlabki natijalari

Davlatimiz rahbarining 2019 yil 3 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5843-son Farmoniga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimidagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish jarayonida shaffoflikni ta’minlash, talabgor fuqarolar uchun teng imkoniyatlar yaratish maqsadida 4 ta bo‘sh ish o‘rinlariga e’lon berilgan edi.
Har bir o‘ringa o‘rtacha 70 nafar jami 284 nafar talabgor hujjat topshirdi.
Nomzodlarga qo‘yilgan talablar asosida ko‘rib chiqilgan talabgorlarning 39 nafari tanlovning keyingi bosqichi, test sinovlariga kiritildi.
Test jarayonida ishtirok etgan talabgorlarning 15 nafari keyingi - suhbat bosqichiga o‘tdi. Test jarayonlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Agentlikning Tanlov komissiyasi tomonidan test sinovlaridan muvaffaqqiyatli o‘tgan nomzodlar bilan joriy yilning 26 aprel kuni suhbat o‘tkaziladi va o‘zlari tanlagan vakant lavozimlarga loyiq deb topilgan nomzodlar bilan mehnat shartnomasi tuziladi.
Tez kunlarda Agentlikda mavjud boshqa vakant lavozimlarga ham nomzodlarni saralab olish bo‘yicha tanlovga start beriladi. E’lonlar Agentlikning rasmiy davaktiv.uz veb-saytida joylashtiriladi.
Tanlovlarda faol ishtirok eting va jamoamiz a’zosiga aylaning.

2606 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech