579 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 3,2 mlrd so'm bo'lgan 4 852 ta lot 13,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat mulkini ijaraga berish:
- soni 30 ta
- boshlang'ich narxi 294 mln so‘m
- sotilgan narxi 559 mln so‘m
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 10,2 mln so‘m bo‘lgan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti balansidagi bino qismi 126,1 mln so‘mga ijaraga berildi.
Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 80,4 mln so‘m bo‘lgan Avtomobil va yo‘llar texnikumi balansidagi o‘quv binosining bir qismi 88,5 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
- soni 35 ta
- boshlang'ich narxi 763 mln so‘m
- sotilgan narxi 876 mln so‘m
- yer maydoni 3,7 ga
Toshkent viloyati Ohangaron tumanidan boshlang'ich narxi 131,2 mln so‘m bo‘lgan qurilish sanoati korxonalari qurish uchun 52 sotix yеr uchastkasi 157,5 mln so‘mga sotildi.
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidan boshlang'ich narxi 64 mln so‘m bo‘lgan ochiq savdo pavilioni qurish uchun 8 sotix yеr uchastkasi 70,3 mln so‘mga sotildi.
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
- soni 4 731 ta
- boshlang'ich narxi 1,1 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 10,7 mlrd so‘m
- yer maydoni 1 640,4 ga
Ko'chma savdo joylari:
- soni 24 ta
- boshlang'ich narxi 8 mln so‘m
- sotilgan narxi 145 mln so‘m
Buxoro viloyati Kogon tumanidan boshlang'ich narxi 0,5 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 4,4 mln so'mga sotildi.
O'tkazilgan savdolarda 5 304 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 11,9 trln so'm bo'lgan 185 684 ta lot savdoga qo'yilgan.