Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

07 Sentyabr 2023

6-sentabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

221 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 49,4 mlrd so'm bo'lgan 150 ta lot 53,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 12 ta
  • Boshlang‘ich narxi 48,6 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 51,9 mlrd so‘m
Navoiy viloyati Xatirchi tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 639,1 mln so‘m bo‘lgan “Navoiy neft bazasi” MChJ balansidagi bo‘sh turgan bino-inshoot 703 mln so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 15 ta
  • Boshlang‘ich narxi 426,9 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 808,9 mln so‘m
Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 144 mln so‘m bo‘lgan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ balansidagi Toshkent markaziy vokzali binosining bir qismi 345,6 mln so‘mga ijaraga berildi.
Buxoro viloyati Buxoro shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 17,4 mln so‘m bo‘lgan Buxoro ilmiy tajriba stansiyasi balansidagi inshootli maydon 19,2 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 18 ta
  • Boshlang'ich narxi 167,4 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 199,5 mln so‘m
  • Yer maydoni 0,9 ga
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidan boshlang'ich narxi 39,4 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turarjoy binolari qurish uchun 9 sotix yеr uchastkasi 43,4 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 81 ta
  • Boshlang'ich narxi 25,3 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 109,2 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 16 ta
  • Yer 329,9 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 738,4 mln so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 1,05 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 551 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10,5 trln so'm bo'lgan 117 231 ta lot savdoga qo'yilgan.
307 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech