Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

06 Oktyabr 2023

5-oktabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

287 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 29,5 mlrd so'm bo'lgan 312 ta lot 37,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 25 ta
  • Boshlang‘ich narxi 21,9 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 23,9 mlrd so‘m
  • Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 3,3 mlrd so‘m bo‘lgan Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi qurilishi tugallanmagan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyasi 3,5 mlrd so‘mga sotildi.
  • Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 5,2 mlrd so‘m bo‘lgan “Jizzax agrokimyohimoya” AJ balansidagi xizmat ko‘rsatish obyekti 5,5 mlrd so‘mga sotildi.
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 39 ta
  • Boshlang‘ich narxi 866,1 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 3,4 mlrd so‘m
  • Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 290,8 mln so‘m bo‘lgan “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” Markaziy kengashi balansidagi bino qismi 2,6 mlrd so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
  • Soni 80 ta
  • Boshlang'ich narxi 1,3 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 2,7 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 6,7 ga
  • Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanidan boshlang'ich narxi 35 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 4,8 sotix yеr uchastkasi 699,3 mln so‘mga sotildi.
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 54 ta
  • Boshlang'ich narxi 12,8 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 176,9 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 58 ta
  • Yer 31,3 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 1,3 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 2,5 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 740 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 8,9 trln so'm bo'lgan 113 562 ta lot savdoga qo'yilgan.
486 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech