Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

21 Dekabr 2023

20-dekabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

198 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 4,4 mlrd so'm bo'lgan 119 ta lot 7,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • soni 27 ta
  • boshlang‘ich narxi 3 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 3,2 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati Angor tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 2,7 mlrd so‘m bo‘lgan Surxondaryo viloyat hokimligi balansidagi bo‘sh turgan siqilgan gaz to'ldirish kompressor stansiyasi 2,8 mlrd so‘mga ijaraga berildi.
Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 81,3 mln so‘m bo‘lgan "Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi" DUK balansidagi bino qismi 89,4 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 30 ta
  • boshlang'ich narxi 322,9 mln so‘m
  • sotilgan narxi 663,9 mln so‘m
  • yer maydoni 2,1 ga
 
Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidan boshlang'ich narxi 16,2 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar joy binolari va majmualari qurish uchun 10 sotix yеr uchastkasi 168,1 mln so‘mga sotildi.
Navoiy viloyati Navoiy shahridan boshlang'ich narxi 4,8 mln so‘m bo‘lgan sanoat va hunarmandchilik obyektlari qurish uchun 41 metr kvadrat yеr uchastkasi 106,9 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 27 ta
  • boshlang'ich narxi 6,3 mln so‘m
  • sotilgan narxi 62,3 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 31 ta
  • yer 16,1 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 888,4 mln so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 2,8 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 261 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 11,7 trln so'm bo'lgan 116 398 ta lot savdoga qo'yilgan.
1253 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech