Ру Ўз O'z En

Хусусийлаштириш тартиби

  1.Davlat aktivlari elektron onlayn shaklda o‘tkaziladigan auksionlar va tanlovlar orqali realizatsiya qilinadi.

2.1. Auksionlar axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va undan foydalanishni amalga oshirish imkonini beruvchi axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining tashkiliy tartibga solingan majmui - axborot tizimida o‘tkaziladi.

2.2. Auksionlar o‘tkazishda Internet butunjahon axborot tarmog‘ida joylashgan, sotuvchining va sotiladigan davlat aktivlarining elektron axborot bazasiga (keyingi o‘rinlarda axborot bazasi deb ataladi) yagona kirish nuqtasini taqdim etadigan resurs – ixtisoslashtirilgan veb-portaldan foydalaniladi.

2.3. Elektron auksion – xaridorni musobaqa asosida aniqlash bo‘yicha veb-portalda o‘tkaziladigan savdolar shakli, bunda davlat aktivning oldi-sotdi shartnomasini tuzish huquqiga ommaviy tarzda eng katta narxni taklif etgan ishtirokchi ega bo‘ladi.

2.4. Auksion o‘tkazish uchun buyurtmachilar - operator bilan veb-portalda savdolarni o‘tkazish bo‘yicha elektron xizmatlar ko‘rsatilishi bo‘yicha shartnoma tuzadilar.

2.5. Elektron auksionda (tanlovda) ishtirok etish uchun buyurtmanomalar operatorning veb-portalida avtomatik rejimda bildirishnoma joylashtirilgan kundan boshlab qabul qilinadi va buyurtmanomalarni qabul qilish elektron auksion (tanlov) o‘tkazilishi kunidan ikki ish kuni oldin (soat 13:00 gacha) yakunlanadi.

2.6. Buyurtmanomalarni qabul qilishning belgilangan muddatidan keyin tushgan buyurtmanomalar qabul qilinmaydi.

2.7. Buyurtmanoma elektron shaklda beriladi va ERI bilan tasdiqlanadi.

2.8. Savdolar o‘tkazilishi to‘g‘risidagi bildirishnoma veb-portalda savdolarni o‘tkazishdan kamida o‘ttiz kalendar kun oldin joylashtiriladi.

2.9. Savdolar o‘tkazilishi to‘g‘risidagi bildirishnoma e’lon qilinganidan keyin operator barcha istagan shaxslarning veb-portalda joylashtirilgan sotiladigan davlat aktivi haqidagi ma’lumotga erkin kirishi imkoniyatini ta’minlaydi.

2.10. Savdolarda ishtirok etish uchun talabgorlar oldindan veb-portalda ro‘yxatdan o‘tadilar.

2.11. Auksion savdolar o‘tkazilishi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan vaqtda, savdo maydonchasida sotiladigan davlat aktivini boshlang‘ich narxi bo‘yicha avtomatik tarzda joylashtirish orqali boshlanadi.

2.12. Auksion musobaqa asosida, narxini oshirish tamoyili bo‘yicha o‘tkaziladi.

2.13. Auksionlar ish kuni davomida, soat 09:00 dan soat 18:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘tkaziladi.

2.14. Agar lotning narxini oshirish haqidagi taklifni oxirgi tasdiqlash ishtirokchi tomonidan elektron auksion o‘tkazilishi vaqti tugashigacha o‘n daqiqadan kam vaqt qolganda amalga oshirilgan bo‘lsa, auksionni o‘tkazish muddati taklifni oxirgi tasdiqlash paytidan boshlab o‘n daqiqa muddatgacha uzaytiriladi. Har bir keyingi taklif elektron auksion o‘tkazilishi muddatini o‘n daqiqaga uzaytiradi. Bunda elektron auksion o‘tkazilishi muddati ko‘pi bilan uch soatga uzaytiriladi va auksion soat 21:00 gacha yakunlanishi lozim. Lotning narxi haqidagi taklifni oxirgi bo‘lib soat 21:00 gacha tasdiqlagan ishtirokchi auksion g‘olibi deb tan olinadi.

III. Auksion bosqichlari qo‘yidagicha:

3.1. birinchi to‘rt bosqichda — auksion aktivi boshlang‘ich qiymatining besh foizini;

3.2. beshinchi va keyingi bosqichlarda — auksion aktivi boshlang‘ich qiymatining uch foizini tashkil etadi.

3.3. Istisno tariqasida boshlang‘ich qiymati elektron auksion o‘tkazilishi to‘g‘risida bildirishnomani joylashtirish paytiga kelib belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki ming baravaridan ortiq bo‘lgan davlat aktivini sotishda, auksion bosqichi esa auksion aktivining boshlang‘ich qiymatidan ikki foizni tashkil etadi.

3.4. Elektron auksion auksion ishtirokchilaridan lotning boshlang‘ich narxidan bir bosqichga oshirilgan lotning narxi to‘g‘risida taklifni tasdiqlashni so‘rashdan boshlanadi.

3.5. Agar auksion ishtirokchilaridan biri taklifni so‘rash paytidan boshlab o‘n daqiqa ichida lotning belgilangan bosqich miqdoriga oshirilgan narxni tasdiqlasa, lot narxi to‘g‘risidagi keyingi taklifni tasdiqlash vaqti o‘n daqiqaga uzaytiriladi.

3.6. Agar oxirgi tasdiqlangan taklif paytidan boshlab o‘n daqiqa ichida lotning narxini oshirish to‘g‘risida keyingi taklif birorta ishtirokchi tomonidan tasdiqlanmasa, elektron auksion auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani avtomatik shakllantirish bilan yakunlanadi. Lotning narxi haqidagi taklifni oxirgi bo‘lib tasdiqlagan ishtirokchi auksion g‘olibi deb e’tirof etiladi.

3.7. Har bir sotilgan davlat aktivi bo‘yicha auksion natijalari veb-portal tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladigan elektron bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

3.8. Operator maxsus blankada auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani rasmiylashtiradi, uni muhr bilan tasdiqlaydi va auksion g‘olibiga topshiradi (yoki auksion g‘olibining roziligi bilan uni pochta orqali yuboradi). Bayonnomaning nusxasi belgilangan tartibda sotuvchiga yuboriladi.

3.9. Bayonnoma davlat aktivining oldi-sotdi shartnomasini tuzish yoki takroriy auksion o‘tkazilishi uchun asos hisoblanadi.

  1. Davlat aksiyalarini birja savdolarida sotish tartibi:

4.1. Davlat aksiyalarini sotib olish uchun xaridor (xaridorning vositachisi) birja savdolari boshlanishidan kamida o‘ttiz daqiqa oldin Hisob-kitob-kliring palatasida (keyingi o‘rinlarda HKKP deb ataladi) xaridor (xaridorning vositachisi) sotib olish niyatida bo‘lgan davlat aksiyalari boshlang‘ich narxining kamida 15 foizi miqdorida pul mablag‘larini depozitga qo‘yishi shart. Pul mablag‘lari davlat aksiyalarining va xaridor vositachisining nomini ko‘rsatgan yoki ko‘rsatmagan holda depozitga qo‘yilishi mumkin.

4.2. Pul mablag‘lari xaridorning vositachisini ko‘rsatmasdan depozitga qo‘yilgan taqdirda HKKPga topshiriq-shartnomaning nusxasi taqdim etiladi.

4.3. EAV O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining depozit qo‘yilgan sanadagi kursi bo‘yicha o‘tkaziladi.

4.4. Depozitga qo‘yilgan pul mablag‘lari HKKP tomonidan xaridorning (xaridor vositachisining) yozma arizasiga ko‘ra ariza olingan kundan boshlab besh bank kuni ichida pul mablag‘lari depozitga qo‘yilgan valyutada qaytariladi.

4.5. Davlat aksiyalari sotib olinganda topshiriq-shartnomada xaridorning davlat aksiyalari qiymatini va birja savdolariga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning xizmatlariga haq to‘lash bo‘yicha majburiyatlari nazarda tutilishi shart.

4.6. HKKP birja savdolari qoidalarida belgilangan muddatda birjaga xaridor vositachisini ko‘rsatgan holda depozitga qo‘yilgan pul mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantiradi va yuboradi.

4.7. HKKP Markaziy depozitariyning ma’lumotlariga asosan birjaga birja savdolariga qo‘yilayotgan davlat aksiyalari to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni taqdim etadi.

4.8. Birja bitimi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin xaridor (xaridorning vositachisi) birja bitimining butun summasini va birja savdolariga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning vositachilik to‘lovlarini:

- birja savdolari qoidalarida belgilangan tartibda va muddatlarda HKKPdagi maxsus hisob raqamlariga pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan (o‘zaro hisob-kitoblar milliy valyutada amalga oshirilgan taqdirda);

- birja savdolari qoidalarida belgilangan tartibda va muddatlarda HKKPning maxsus hisob raqamiga birja bitimi ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan (o‘zaro hisob-kitoblar EAVda amalga oshirilgan taqdirda) to‘lashi shart.

4.9. HKKP birja bitimi bo‘yicha pul mablag‘larining to‘liq summasi tushgandan keyin:

kliring operatsiyasini amalga oshiradi;

Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasiga birja bitimi bo‘yicha pul mablag‘lari o‘tkazmalarini va vositachilik to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha birja savdolariga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning hisob raqamlariga pul mablag‘lari o‘tkazmalarini amalga oshiradi;

Markaziy depozitariyga davlat aksiyalarini o‘tkazish yuzasidan tegishli topshiriqnomalarni taqdim etadi;

sotuvchining vositachisiga sotilgan davlat aksiyalari bo‘yicha amalga oshirilgan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etadi.

4.10. Xaridor (xaridorning vositachisi) tomonidan to‘lov muddati buzilgan taqdirda birja bitimi bekor qilinadi. Bunda HKKP xaridor tomonidan depozitga qo‘yilgan pul mablag‘laridan belgilangan tartibda taqsimlanadigan birja bitimi summasining

5 foizi miqdorida sotuvchining foydasiga jarima hamda birja savdolariga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning vositachilik to‘lovlarini ushlab qoladi va qolgan pul mablag‘larini xaridorning hisobvarag‘iga qaytaradi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech