Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

08 Iyun 2021

Yirik davlat aktivlari savdolarining ikkinchi bosqichi haqida axborot

Avval xabar berilganidek, bugun, 8 iyun kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligida ommaviy savdolarga chiqarilgan 6 ta yirik aktiv bo'yicha ommaviy savdo jarayonlarining ikkinchi bosqichiga o'tgan jami 9 ta talabgorning yopiq konvertda taqdim etgan taklif paketlari ochildi.

Ushbu jarayonda Davlat tender komissiyasi a'zolari va talabgorlar shaxsan va pandemiya sharoitidan kelib chiqib, videokonferens aloqa vositasi orqali ishtirok etdi.

Endi, Ishchi organ tomonidan 10 ish kuni mobaynida davlat aktivini sotib olish bo‘yicha hisobot tayyorlanib, Davlat tender komissiyasiga ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun taqdim etiladi.

Qayd etish joizki, ommaviy savdolarga chiqarilgan davlat aktivini baholash jarayonida aktiv uchun taklif etilayotgan narx, uning to‘lanish muddati va to‘lov qobiliyati kabi 3 ta muhim omilga alohida e'tibor qaratiladi.

Davlat tender komissiyasining savdoning ikkinchi bosqichi yakunlari bo‘yicha qarori Davaktiv agentligining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlari orqali e'lon qilinadi.

 

 Axborot va PR xizmati

1265 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech