Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

20 Aprel 2023

Davaktiv agentligi ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashiga davlat ulushi boʻyicha aʼzolik uchun nomzodlarni jalb etish yuzasidan tanlov eʼloni

Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida"gi qonuniga hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 647-son qaroriga muvofiq Davaktiv agentligi ishtirokidagi quyidagi 61 ta korxonalarning kuzatuv kengashlari tarkibiga davlat ulushi boʻyicha 306 nafar aʼzolikka nomzodlarni tanlov asosida saralab olish va keyinchalik korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga saylash uchun tanlov eʼlon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish Davaktiv agentligining maxsus veb-portali (cns.davaktiv.uz) orqali elektron shaklda amalga oshiriladi (foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma bilan tanishish).

Har bir korxonaning sohaviy yoʻnalishini inobatga olgan holda, qoʻshimcha talablar va ariza topshirish uchun muddatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan quyidagi jadvaldagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin.

 

Kuzatuv kengashi aʼzolari jalb qilinadigan 61 ta korxonalar roʻyxati

Korxona nomi

Aʼzolik oʻrinlari soni

Ariza
berish uchun havola

Korxona moliyaviy koʻrsatkichlari

Neft-gaz sohasidagi korxonalar

1

"Yuggazstroy" AJ

9

ID1

Info 1

2

"Muborakneftgazmontaj" AJ

8

ID2

Info 2

3

"Olot neftgazqidiruv ekspeditsiyasi" MCHJ

5

ID3

Info 3

4

“Ustyurt qidiruv burgʻulash boshqarmasi” MCHJ

5

ID4

Info 4

5

“Neftgazmeʼyor” MCHJ

3

ID5

Info 5

6

“Neftgazmontaj” MCHJ

5

ID6

Info 6

7

“Surxon parmalash ishlari” AJ

5

ID7

Info 7

8

“Toshneftegazqurilish” AJ

6

ID8

Info 8

9

“Oʻzneftgazinformatika” AJ

3

ID9

Info 9

10

“Neft va gaz quduqlarini sinash” AJ

5

ID10

Info 10

11

“Texnik taʼminlash va butlash” AJ

5

ID11

Info 11

12

“Buxoroneftgazavtonaql” AJ

6

ID12

Info 12

13

“Buxoroneftgazparmalash” AJ

5

ID13

Info 13

14

“Koson neftgazqidiruv ekspeditsiyasi” AJ

5

ID14

Info 14

15

“Qoʻqon mexanika zavodi” AJ

7

ID15

Info 15

16

“Qoʻqon neftgaz parmalash ishlari” AJ

7

ID16

Info 16

Nashriyot-matbaa sohasidagi korxonalar

17

"Sharq" AJ

9

ID17

Info 17

18

“Gʻofur Gʻulom nashriyot-matbaa ijodiy uyi” MCHJ

5

ID18

Info 18

19

“Oʻzbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi” MCHJ

5

ID19

Info 19

Alkogol maxsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar

20

“Xovrenko nomidagi Samarqand vino kombinati” AJ

6

ID20

Info 20

21

“Shaxrisabz vino-aroq” AJ

3

ID21

Info 21

Yogʻ-moy sanoati sohasidagi korxonalar

22

“Fargʻona yogʻ-moy” AJ

9

ID22

Info 22

23

“Surxonoziqovqatsanoati” AJ

4

ID23

Info 23

24

“Chimboy Moy” AJ

5

ID24

Info 24

Yoʻl-transport infratuzilmasi korxonalari

25

“Guliston 2535-sonli avtojamlanma” MCHJ

3

ID25

Info 25

26

“Oʻrta osiyo trans” AJ

5

ID26

Info 26

Kimyo sanoati sohasidagi korxonalari

27

“Jizzax plastmassa” AJ

5

ID27

Info 27

28

“Yangiariq plast” MCHJ

3

ID28

Info 28

Kommunal, uy-joy, qurilish va suv xoʻjaligi sohasidagi korxonalari

29

“Kishlok kurilish invest” MCHJ

7

ID29

Info 29

30

“Oʻzmaxsusmontajkurilish” AJ

5

ID30

Info 30

31

“93-maxsus trest” AJ

6

ID31

Info 31

32

“PORTLATISHSANOAT” AJ

3

ID32

Info 32

33

“Xorazmsuvqurilish” AJ

6

ID33

Info 33

34

“Trest-12” AJ

5

ID34

Info 34

35

“Taxiatash issiqlik tarmoqlari” MCHJ

3

ID35

Info 35

36

“Qirguli issiqlik manbai” MCHJ

2

ID36

Info 36

Lizing korxonalari

37

“Uzagrolizing” AJ

6

ID37

Info 37

38

“Uzmed-Lizing” AJ

2

ID38

Info 38

39

“RILK Qurilishmashlizing” AJ

5

ID39

Info 39

Loyihalash korxonalari

40

“Qishloqqurilishloyixa” MCHJ

5

ID40

Info 40

41

“Tibloyiha” MCHJ

3

ID41

Info 41

42

“Toshuyjoyliti” AJ

5

ID42

Info 42

43

“Uzengsanoatloyixa” MCHJ

5

ID43

Info 43

44

“Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ

9

ID44

Info 44

45

“Oʻzsuvloyiha” AJ

3

ID45

Info 45

46

“Yoʻl loyiha byurosi” MCHJ

2

ID46

Info 46

47

“Oʻzagrosanoatloyiha” MCHJ

3

ID47

Info 47

48

“Toshtemiryoʻlloyiha” MCHJ

3

ID48

Info 48

Erkin iqtisodiy sanoat zonalarini boshqarish korxonalari

49

“Olmazor kichik sanoat zonasi” AJ

8

ID49

Info 49

50

“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” AJ

5

ID50

Info 50

Xizmat koʻrsatish sohasidagi korxonalar

51

“Oʻzagroservis” AJ

5

ID51

Info 51

52

“Angren logistika markazi” AJ

5

ID52

Info 52

53

“Otel Oʻzbekiston” MCHJ

3

ID53

Info 53

Boshqalar

54

“Boyovut paxta tozalash” AJ

6

ID54

Info 54

55

“Markaziy ippodrom” AJ

5

ID55

Info 55

56

“Toshkent traktor zavodi” MCHJ

3

ID56

Info 56

57

“Respublika Mulk Markazi” MCHJ

3

ID57

Info 57

58

“UZVC Milliy venchur fondi” MCHJ

5

ID58

Info 58

59

“Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ

5

ID59

Info 59

60

“YoSHLAR” teleradiokanali” AJ

5

ID60

Info 60

61

“Foton” AJ

9

ID61

Info 61

 

Tanlov jarayoni korxonalarda kuzatuv kengashi aʼzosi sifatida faoliyat olib borish istagida boʻlgan va quyidagi umumiy talablarga mos har qanday shaxslar uchun ochiq:

  • amaldagi korporativ boshqaruvchi malaka attestatiga ega boʻlishi, bundan qonunchilik hujjatlariga binoan korporativ boshqaruvchi malaka attestatini olish talab etilmaydigan shaxslar mustasno;
  • oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
  • kamida 2 yillik ish tajribasiga ega boʻlishi, bunda sohaviy tajribaga ega boʻlgan nomzodlarga ustunlik beriladi;
  • nomzod ariza topshirmoqchi boʻlgan korxona boshqaruvi aʼzolari va direktori yoki ularning funksiyalarini amalga oshirayotgan, korxonada yoki uning shoʻba va tobe xoʻjalik jamiyatlarida mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlamayotgan boʻlishi;
  • iqtisodiy jinoyatlar yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar uchun sudlanganligi mavjud boʻlmagan hamda sud qarorlariga asosan mansab lavozimlarini egallashi cheklanmagan, shuningdek korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilmagan boʻlishi;
  • korxonaga nisbatan tartibga soluvchi yoki nazorat (shu jumladan, litsenziyalash organlari va moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshiruvchi organlar) funksiyasini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining xodimi boʻlmasligi;
  • qonunchilik hujjatlarida kuzatuv kengashi aʼzosi sifatida faoliyat olib borishi taqiqlangan shaxslar toifasiga kirmasligi;
  • besh va undan ortiq kuzatuv kengashlarida aʼzo boʻlmasligi;
  • soʻngi uch yilda korxonaga va (yoki) korxonaning affillangan shaxslariga auditorlik xizmatlarini koʻrsatgan auditorlik tashkilotining xodimi boʻlmasligi lozim.

Nomzodlar Kuzatuv kengashi aʼzolariga yuklatiladigan fidutsiar majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi.

Kuzatuv kengashi aʼzolariga toʻlanadigan haq miqdori korporativ boshqaruv tamoyillarining samarali joriy etilishi darajasiga qarab, har bir korxonaning ichki meʼyoriy hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Tanlov talablariga mos keluvchi talabgorlarni ushbu tanlovlarga ishtirok etishga chorlaymiz!

Qoʻshimcha maʼlumot uchun quyidagilarga murojaat etishingiz mumkin:

  • F. Abduvaliyeva (+99871-259-22-04, f.abduvalieva@davaktiv.uz);
  • A. Sangilova (+99871-259-22-57);
  • F. Karayev (+99871-259-20-84).
3584 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech