Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

23 Yanvar 2023

“Uzbekistan Airways” AJ ayrim havo kemalarini sotish rejasini eʼlon qildi

Avval xabar berilganidek, tegishli xususiylashtirish dasturiga muvofiq, “Uzbekistan Airways” AJning ayrim havo kemalarini sotish belgilangan. Shunga ko‘ra, Davaktiv agentligi tomonidan mazkur jarayonlarni tashkillashtirish uchun Buyuk Britaniyaning ACC Aviation kompaniyasi konsultant sifatida jalb qilingan.

Konsultant tomonidan Havo kemalarining texnik holati, bozordagi talab va taklif asosida sotish mexanizmi bo‘yicha tahlillar o‘tkazildi. Konsultant tavsiyasiga asosan “Uzbekistan Airways” AJ quyidagi ikki lot bo‘yicha Havo kemalarini sotish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichi boshlanganligini eʼlon qildi:

Lot 1:

  1. Boing 757 (UK 75701), 1999 yilda ishlab chiqarilgan;
  2. Boing 757 (UK 75702), 1999 yilda ishlab chiqarilgan;

Lot 2:

  1. Boing 767 (UK 67007), 2003 yilda ishlab chiqarilgan;
  2. Boing 767 (UK 67008), 2004 yilda ishlab chiqarilgan.

Talabgorlar qiziqish bildirishi to‘g‘risidagi arizalarini 2023 yil 23 fevral soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar quyidagi elektron pochta manzillariga yuborishlari lozim: ProjectHY@ACCAviation.com.

Shu bilan birga, “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan kelgusida qolgan havo kemalarni turi va rusumini inobatga olib, lotlarga bo‘lgan holda savdo jarayonlari eʼlon qilinishi bildirilgan.

Savdo jarayonlari bo‘yicha batafsil maʼlumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishingiz mumkin.

Maʼlumot uchun: “Uzbekistan Airways” Ajning sotuvga taklif qilinayotgan havo kemalarini ochiq savdolarda sotish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30 apreldagi “Fuqaro aviatsiyasi korxonalarini transformatsiya qilish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5100-son qarorida belgilangan.

2972 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech