Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

10 Oktyabr 2022

“Uzbekistan Airways” AJning ayrim havo kemalarini sotish yuzasidan professional konsalting kompaniyasini jalb qilish natijalari to‘g‘risida e'lon

Tegishli xususiylashtirish dasturiga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan “Uzbekistan Airways” AJning ayrim havo kemalarini turi va rusumini inobatga olib, lotlarga bo‘lgan holda sotish jarayonlarini tashkillashtirish uchun professional konsalting kompaniyasi jalb qilish bo‘yicha tegishli Tanlov e'loni natijalari bo‘yicha quyidagilar ma'lum qilinadi.

Mazkur tanlov jarayonida, 6 ta professional tashkilotlar, jumladan konsorsium shaklidagi takliflar turli xorijiy (Evropa, Shimoliy Yevropa, Yevroosiyo va Osiyo mintaqalari) va mahalliy tashkilotlardan qabul qilinib, ularning moliyaviy taklifi, sohadagi tajribasi, malakasi va belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha yondashuvlari asosida saralandi.

Saralash natijasida, ACC Aviation (Buyuk Britaniya) konsul'tant sifatida tanlov g‘olibi deb topildi.

Ma'lumot uchun:

ACC Aviation kompaniyasi (Buyuk Britaniya) - lizing, havo transporti, aviasiya aktivlarini boshqarish va strategik konsalting xizmatlari sohasida yetakchi yechimlarni taqdim etadi.

Kompaniya global mijozlar bazasiga xizmat qiladi. Kompaniyaning xalqaro ofislari tarmog‘i Yevropa, yaqin Sharq, Afrika, Shimoliy Amerika va Osiyo mintaqasida joylashgan.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi jalb etilgan professional konsalting kompaniyasi bilan birga ushbu aktivning raqobat tamoyillariga asoslangan shaffof va muvaffaqiyatli sotilishi uchun barcha choralarni ko‘radi.

“Uzbekistan Airways” AJning sotuvga taklif qilinayotgan havo kemalarini ochiq savdolarda sotish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 apreldagi “Fuqaro aviasiyasi korxonalarini transformasiya qilish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5100-son qarorida belgilangan.

 

2603 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech