Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

26 Mart 2023

Davaktiv agentligi xodimlari "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi bilan tanishtirib o’tildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi binosida joriy yil 25-mart kuni Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti mutaxassisi Sh. Joldasova tomonidan Davaktiv agentligi direktori o'rinbosari B. Usmonov boshchiligida markaziy apparat, tarkibiy tuzilmalar va hududiy boshqarmalar xodimlari uchun "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmuni va mohiyatini tushuntirishga qaratilgan ma’ruza qilindi.

Ta’kidlanganidek, umumxalq muhokamalarida kelib tushgan 220 mingdan ziyod takliflarning har to‘rttasidan bittasi loyihadan joy oldi. Fuqarolarning bildirgan biror-bir taklifi e’tibordan chetda qolmadi. Asosiy qonunning 65 foiz matni xalq takliflari asosida yangilandi.

Shuningdek, ushbu Konstitutsiyaviy qonun loyihasining:

65-moddasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi hamda huquqiy jihatdan himoya qilinishi, xususiy mulk daxlsizligi va mulkdor oʼz mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emasligi belgilanganligi, iqtisodiyotimizning negizida daxlsiz xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etilishiga va davlat bozor munosabatlarini rivojlantirib halol raqobat uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratilishiga hamda isteʼmolchilarning huquqlarini yanada ustuvorligini taʼminlashga xizmat qilishi;

68-moddasida yer qonunda nazarda tutilgan hamda uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni taʼminlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk boʼlishi mumkinligi belgilanganligi esa yerni xususiy mulkka berish, yaʼni yerni haqiqiy egasi — xalqqa berilishini Konstitutsiya darajasida huquqiy taʼminlanishi taʼkidlandi.

Konstitutsiyaviy komissiya a'zolari fikricha, mol-mulk, uy-joy daxlsizligi masalasini Bosh qomusimizda belgilash — partiya a’zolari va elektorati uchun ayni muddaodir. Zero, mol-mulk daxlsizligining yuksak darajada kafolatlanishi ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni rag‘batlantiradi.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan ilk marotaba uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojini ta’minlash davlatning vazifalari qatoridan joy olmoqda.

Yig‘ilishda Konstitutsiyaviy qonun loyihasi besh turdagi, ya’ni lingvistik, yuridik, gender-huquqiy, korrupsiyaga qarshi hamda inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiqligi bo‘yicha ekspertizalardan o‘tkazilgani, shuningdek, loyihaning o‘zbek tilidagi matni tahririni tayyorlash bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilgani ta’kidlandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha barcha qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

1479 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech