Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

14 Aprel 2024

Boʻsh turgan sobiq avtojamlanma bino va inshootlarini sotish boʻyicha kelishuvga erishildi

Avval xabar berilganidek, Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Mannon Uygʻur koʻchasi, 487a-uy manzilida joylashgan sobiq “2512 Avtojamlanma” DUKning avtobaza bino va inshootlari (keyingi oʻrinlarda – Obyekt) ommaviy savdo jarayonlarining barcha bosqichlari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali amalga oshirildi.

Raqobat muhitida boʻlib oʻtgan savdolarda 7 nafar talabgorlar ishtirok etishga qiziqish bildirib, “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali takliflar taqdim etdilar.

Obyektni sotib olish uchun qoʻyilgan talablarga toʻliq javob bergan "Evro Tyres Universal" MChJ tomonidan taklif etilgan 105,0 mlrd. soʻm narx taklifi boshqa talabgorlar tomonidan taklif etilgan narx takliflaridan yuqori hamda mustaqil baholash tashkilotining baholagan narx qiymatidan sezilarli darajada yuqori boʻlganligi sababli, ushbu kompaniya ommaviy savdo gʻolibi deb topildi.

Bundan tashqari, Obyektni xususiylashtirish natijalari Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining tegishli qarori bilan maʼqullangan.

Qoʻshimcha ravishda, Davaktiv agentligining rasmiy veb-sayti orqali 2023-yil 13-dekabrdagi va 2024-yil 8-fevraldagi eʼlonlarda tegishli axborotlar berib borilgan va savdo jarayonida raqobat muhiti taʼminlangan.

Mazkur davlat aktivi boʻyicha savdo jarayonlarida ishtirok etgan talabgorlarga Ishchi organ tomonidan individual xabarnomalar yuboriladi.

1687 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech