Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

25 Sentyabr 2024

26-sentabrda “Xalqchil IPO” dasturi, jumladan “O‘zRTXB” aksiyalarini ommaviy joylashtirish boshlanishiga bag‘ishlangan Roadshow taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Joriy yil 26-sentabr kuni Toshkent shahridagi Hyatt Regency mehmonxonasining "Ballroom 2" zalida “Xalqchil IPO” dasturi doirasida “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ (O‘zRTXB) aksiyalarini ommaviy joylashtirish (SPO*)ning Roadshow” taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbir mamlakatning yetakchi davlat kompaniyalariga keng aholi qatlamlarini investitsiya kiritishga jalb qilish uchun boshlang'ich nuqta bo'ladi.

Tadbirda 30 yildan buyon mamlakatimiz bozor infratuzilmasini rivojlantirishda muhim o‘rin tutib kelayotgan O‘zRTXBni rivojlanishining asosiy jihatlari hamda uning strategik maqsadlari va rivojlanish istiqbollari taqdim etiladi.

Bundan tashqari, tadbirda ma’ruzachilar “Xalqchil IPO” dasturining O‘zbekiston kapital bozori uchun ahamiyati, mavjud ommabop elektron platformalar orqali ariza topshirish imkoniyatlari va tartiblari haqida so‘z yuritadilar. Shuningdek, taqdimot davomida bitim parametrlari tafsilotlari oshkor qilinadi.

O‘z navbatida, ishtirokchilar O‘zRTXBning moliyaviy istiqbollari va dividend siyosati haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ladilar.

Ushbu tadbirni jonli efirda "Xalqchil IPO" rasmiy sahifalari orqali kuzatish imkoniyati bo’ladi.

Jonli efir havolasi: http://www.youtube.com/@xalqchilipo

4883 Chop etish