Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

13 Mart 2020

Namangan shahrida tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Joriy yilning 12-13 mart kunlari Davaktiv agentligi direktorining oʻrinbosari Alisher Miraliyev Namangan shahriga tashrif buyurib, mahalliy tadbirkorlik subyektlari va investorlar bilan bir qator uchrashuvlar oʻtkazdi.

Xususan, 12-mart kuni Davaktiv agentligining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi majlislar zalida Alisher Miraliyev va Namangan shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev, shu bilan birga viloyatdagi masʼul tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida tadbirkor va investorlar bilan seminar tarzida uchrashuv tadbiri oʻtkazildi. Ushbu tadbirda 100 nafardan ziyod tadbirkor va investorlar, mahalliy hokimliklar hamda viloyatdagi yirik korxonalarning vakillari ishtirok etdi.

Koʻtarinki ruhda va savol-javoblarga boy oʻtgan uchrashuv davomida, tadbirkorlik subyektlari va OAV vakillari tomonidan berilgan bir qator savollarga batafsil javoblar berib oʻtildi. Xususan, davlat aktivlarini, shu jumladan yirik korxonalardagi davlat ulushlarini, samarasiz ishlayotgan davlat mulki obyektlarini, qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yer uchastkalarini sotish hamda ijaraga berish tartiblari haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, hududlarda maydoni 2 000 kvadrat metrgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyekti yoki yer uchastkalarini onlayn-buyurtmanoma asosida toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishi mumkinligi toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Oʻz oʻrnida, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida” Qonuni (OʻRQ–907-son) qabul qilinganligi hamda uning mazmun mohiyati batafsil tushuntirildi.

Shu bilan birga, 13-mart kuni A.Miraliyev tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari bilan birgalikda Namangan shahridagi “Barkamol avlod” kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Mazkur tadbirda 50 nafardan ziyod tadbirkor va investorlar ishtirok etdi.

Ushbu uchrashuvga tashrif buyurgan tadbirkorlarga davlat aktivlarini, samarasiz ishlayotgan davlat mulki obyektlarini, qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yer uchastkalarini va boshqa davlat aktivlarini sotib olish hamda ijaraga olish tartiblari haqida tushunchalar berildi.

Bu kabi joylarga chiqish asosida tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar oʻtkazish viloyatning boshqa tumanlarida ham davom ettirilmoqda va sohaga oid muammoli masalalarga vakolat doirasida amaliy yordam koʻrsatilib, ijobiy hal etish choralari koʻrib borilmoqda.

171 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech