Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

14 May 2024

“Milliy banklararo protsessing markazi” MChJ (HUMO) aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-noyabrdagi PQ–381­-son qarorining 1-bandiga asosan 2024-yil 1-iyuldan boshlab toʻlov tizimi operatorlari faqat aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilishi belgilangan.

Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida “Milliy banklararo protsessing markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatini aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etish toʻgʻrisida Davaktiv agentligining tegishli buyrugʻi qabul qilindi va jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi 2024-yil 13-may kuni Davlat xizmatlari markazidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Hozirda “Milliy banklararo protsessing markazi” aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini birlamchi chiqarish boʻyicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

1017 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech