Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

16 Iyul 2022

“Lotte City Hotel Tashkent Palace” mehmonxonasidagi davlat ulushini sotib olish uchun arizalar qabul qilinishi to'g'risida e'lon

Joriy yilning 12 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq (keyingi o‘rinlarda – Davaktiv agentligi yoki Sotuvchi) “Lotte City Hotel Tashkent Palace” mehmonxonasini (keyingi o‘rinlarda – Mehmonxona yoki Aktiv) raqobat tamoyillariga asoslangan sotuv jarayoni orqali xususiylashtirish (keyingi o‘rinlarda – Bitim) boshlanganligini e'lon qilgan. Ushbu jarayon doirasida Xususiylashtirish bo'yicha maslahatchi “KPMG Valuation and Consulting” MChJ (keyingi o‘rinlarda – KPMG) tomonidan, aktivga dastlabki qiziqishni aniqlash maqsadida potensial investorlar bilan aloqalarni o'rnatish bo'yicha ishlar amalga oshirildi (Market Sounding).

Mazkur e'lon bilan Davaktiv agentligi barcha potensial ishtirokchilarni (keyingi o'rinlarda - Talabgor) Bitimda ishtirok etish uchun qiziqish bildirish bo'yicha ariza (Express of interest) topshirishga taklif qiladi.

Tomonlar o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida (arizachining ixtiyoriga ko'ra) tayyorlangan xat shaklidagi, arizachining vakolatli vakili tomonidan imzolangan arizalarini (keyingi o‘rinlarda – Ariza) quyidagi elektron manzilga yuborishlari lozim:

nshuxratov@kpmg.co.uz

Arizalar joriy yil 8-avgust kuni (Toshkent vaqti bilansoat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

Ariza berish jarayoni barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq. Barcha ariza beruvchilar savdo jarayonining potensial ishtirokchilari reyestriga kiritiladi.

Sotuvchi va Maslahatchi Talabgordan tegishli ma'lumotlarni, jumladan ta'sis hujjatlari, to‘lovga qobiliyatliligi, shuningdek, Bitimda ishtirok etishiga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan cheklovlar yo‘qligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan ma'lumotlarni so‘rash huquqini o‘zida saqlab qoladi. 

Qabul qilingan arizalar quyidagi mezonlar bo‘yicha saralanadi:

  • davlat ulushini sotib olish uchun to‘lovga qobiliyatliligi;
  • xususiylashtirish jarayonida ishtirok etilishini ta'qiqlashi mumkin bo‘lgan ma'muriy, hakamlik yoki boshqa sud jarayonlarining yo‘qligi;
  • O‘zbekiston Respublikasining 660-II-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga rioya etilishi.

Sotish jarayonining talablari va ketma-ketligi Talabgorlarga qo‘shimcha ravishda xabar qilinadi.

Keyingi bosqichga o'tgan potensial investorlar bilan Axborotni oshkor etmaslik to'g'risidagi bitim (NDA) imzolanadi va Aktiv faoliyati to'g'risidagi umumiy ma'lumotlar saqlanadigan virtual ma'lumotlar xonasiga (VDR) kirish ta'minlanadi.

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun yuqorida keltirilgan aloqa kanaliga murojaat qiling.

Mehmonxonani ulush (biznes) sifatida baholash ishlariga “Katta to‘rtlik”ka (Big 4) kiruvchi xalqaro kompaniyalardan biri jalb qilinib, ularning baholash hisobotlari asosidagi Aktivning tavsiyaviy baholash qiymati savdo jarayonlarida mo‘ljal sifatida hisobga olinadi.

Qoshimcha shartlar:

Davaktiv agentligi sotish jarayonining ketma-ketligini ozgartirish yoki potensial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borishni rad etish huquqini ozida saqlab qoladi.

Ushbu e'lon yoki uning mazmunining biron-bir qismi mazkur e'lon chop etilishidan kelib chiqib taxmin qilinishi mumkin bolgan Davaktiv agentligi, Mehmonxona va KPMGning Aktivni sotish bilan bogliq biror-bir shakldagi majburiyati sifatida talqin qilinmasligi kerak. Davaktiv agentligi va KPMG (Savdo doirasida Davaktiv agentligining eksklyuziv moliyaviy maslahatchisi vazifasini bajaruvchi) oz xohishiga kora har qanday vaqtda va har qanday munosabatda, birgalikdagi yoki shaxsiy javobgarlikni oz zimmalariga olmasdan:

(i) arizalar berish muddatiga o‘zgartirish kiritish;

(ii) turli xil manfaatdor tomonlar uchun turli xil tartib-qoidalar bo‘yicha ish tutish va/yoki Davaktiv agentligi, Mehmonxona va KPMG tomonidan ko‘zda tutilgan reja-jadval va tartib doirasida istalgan boshqa potensial xaridorni (xaridorlarni) oldindan ogohlantirmasdan chiqarib tashlagan holda bir yoki bir nechta potensial xaridorlar bilan muzokaralar olib borish;

(iii) har qanday sababga ko‘ra sotish jarayonini to‘xtatish; 

(iv) va/yoki istalgan vaqtda va sabablarni tushuntirmasdan Savdoga taalluqli bo‘lgan har qanday potensial xaridor (xaridorlar) bilan har qanday muhokama va muzokaralarni tugatish huquqlarini o‘zida saqlab qoladi.

4403 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech