Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

13 Aprel 2024

9-aprel sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

455 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 7,5 mlrd so'm bo'lgan 165 ta lot 19,2 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi. 

Davlat aktivlari:

  • soni 3 ta
  • boshlang'ich narxi 2,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 2,3 mlrd so‘m
  • Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,2 mlrd so‘m bo‘lgan "Toshkent Agrokimyohimoya" aksiyadorlik jamiyati balansidagi mineral o‘g‘it saqlash omborxonasi 1,3 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat mulkini ijaraga berish:

  • soni 53 ta
  • boshlang'ich narxi 1,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 2,7 mlrd so‘m
  • Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 504,3 mln so‘m bo‘lgan “Munitsipal aktivlarini boshqarish markazi” DUK balansidagi yer to‘la qismi 554,7 mln so‘mga ijaraga berildi. 

Yer uchastkalari:

  • soni 26 ta
  • boshlang'ich narxi 651 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,3 mlrd so‘m
  • yer maydoni 2,5 ga 
  • Buxoro viloyati Romitan tumanidan boshlang'ich narxi 165,7 mln so‘m bo‘lgan yirik universal va ixtisoslashtirilgan do‘konlar, supermarketlar, restoranlar, dehqon va kiyim kechak bozorlari qurish uchun 20 sotix yеr uchastkasi 182,2 mln so‘mga sotildi.
  • Navoiy viloyati Karmana tumanidan boshlang'ich narxi 99,6 mln so‘m bo‘lgan yirik universal va ixtisoslashtirilgan do‘konlar, supermarketlar, restoranlar, dehqon va kiyim kechak bozorlari qurish uchun 45 sotix yеr uchastkasi 109,6 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari: 

  • soni 23 ta
  • boshlang'ich narxi 11 mln so‘m
  • sotilgan narxi 12 mln so‘m 

O'tkazilgan savdolarda 417 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 11,8 trln so'm bo'lgan 127 997 ta lot savdoga qo'yilgan.

951 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech