Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

09 Aprel 2024

8-aprel sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

685 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 71,3 mlrd so'm bo'lgan 697 ta lot 114,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • soni 30 ta
  • boshlang'ich narxi 27,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 29,7 mlrd so‘m
  • Toshkent viloyati Angren shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 6,8 mlrd bo'lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi noturar joy 7,1 mlrd so'mga sotildi.

Davlat mulkini ijaraga berish:

  • soni 25 ta
  • boshlang'ich narxi 311 mln so‘m
  • sotilgan narxi 604 mln so‘m
  • Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 146,5 mln so‘m bo‘lgan Avtomobil va yo‘llar texnikumi balansidagi yotoqxona binosining bo'sh xonalari 161,1 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 109 ta
  • boshlang'ich narxi 3,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 12,8 mlrd so‘m
  • yer maydoni 17,1 ga 
  • Xorazm viloyati Urganch tumanidan boshlang'ich narxi 128,2 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 8 sotix yеr uchastkasi 461,5 mln so‘mga sotildi.

Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:

  • soni 101 ta
  • boshlang'ich narxi 16,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 21,8 mlrd so‘m
  • Andijon viloyati Asaka tumanidan boshlang'ich narxi 1 mlrd so'm bo'lgan bo'sh turgan bino-inshootlar 2,2 mlrd so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 53 ta
  • boshlang'ich narxi 21 mln so‘m
  • sotilgan narxi 596 mln so‘m

O'tkazilgan savdolarda 2 172 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10,5 trln so'm bo'lgan 126 202 ta lot savdoga qo'yilgan.

2347 Chop etish