Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

31 May 2023

30-may sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

769 ta lot ochiq auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 7,8 mlrd so'm bo'lgan 397 ta lot 11,2 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 3 ta
  • Boshlang‘ich narxi 4,7 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 4,9 mlrd so‘m
  • Buxoro viloyati G'ijduvon tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 4,5 mlrd so‘m bo‘lgan G'ijduvon tuman "Agrokimyohimoya" filiali balansidagi Avtosaroy markaziy ombor va yer maydoni 4,8 mlrd so‘mga sotildi.
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 50 ta
  • Boshlang‘ich narxi 492,3 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 2,4 mlrd so‘m
  • Samarqand viloyati Samarqand shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 1,7 mln so‘m bo‘lgan Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti balansidagi bo'sh turgan beton maydoni 72,1 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
  • Soni 17 ta
  • Boshlang'ich narxi 223,2 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 237,4 mln so‘m
  • Yer maydoni 3,6 ga
  • Surxondaryo viloyati Boysun tumanidan boshlang'ich narxi 10,2 mln so'm bo'lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 3 sotix yеr uchastkasi 11,2 mln so‘mga sotildi.
  • Toshkent viloyati Zangiota tumanidan boshlang'ich narxi 17 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 1,8 sotix yеr uchastkasi 19,2 mln so‘mga sotildi.
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 185 ta
  • Boshlang‘ich narxi 28,5 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 160,6 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 115 ta
  • Yer maydoni 53 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 3 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 6,3 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 1 181 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,2 trln so'm bo'lgan 132 700 ta lot savdoga qo'yilgan.
593 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech