Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

01 Aprel 2024

29-mart sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

893 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 31,4 mlrd so'm bo'lgan 412 ta lot 66,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 35 ta
  • boshlang'ich narxi 1,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 1,8 mlrd so‘m
  • Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 727,3 mln so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi bo'sh turgan ishlab chiqarish zavodi 763,7 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
  • soni 48 ta
  • boshlang'ich narxi 2,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 12,6 mlrd so‘m
  • yer maydoni 4 ga
  • Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidan boshlang'ich narxi 260,7 mln so‘m bo‘lgan yakka tartibda uy-joy qurish uchun 4 sotix yеr uchastkasi 286,8 mln so‘mga sotildi.
  • Xorazm viloyati Urganch tumanidan boshlang'ich narxi 93,7 mln so‘m bo‘lgan ko'p qavatli turar joy qurish uchun 8 sotix yеr uchastkasi 1,3 mlrd so‘mga sotildi.
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
  • soni 30 ta
  • boshlang'ich narxi 5,3 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 6,7 mlrd so‘m
  • Surxondaryo viloyati Termiz shahridan boshlang'ich narxi 950 mln so‘m bo‘lgan savdo, ofis va xo'jalik binolari 1,04 mlrd so‘mga sotildi. 
Xususiy buyurtmalar:
  • soni 18 ta
  • boshlang'ich narxi 1,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 2,1 mlrd so‘m 
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 45 ta
  • boshlang'ich narxi 15 mln so‘m
  • sotilgan narxi 608 mln so‘m
  • Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumanidan boshlang'ich narxi 57 ming so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 68,7 mln so‘mga sotildi. 
O'tkazilgan savdolarda 1 296 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi. 
Hozirda, narxi 12,1 trln so'm bo'lgan 126 133 ta lot savdoga qo'yilgan.
817 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech