Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

29 Sentyabr 2023

28-sentabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

336 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 31,8 mlrd so'm bo'lgan 225 ta lot 38,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • soni 21 ta
  • boshlang‘ich narxi 24,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 27,1 mlrd so‘m
  • Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 5,5 mlrd so‘m bo‘lgan "Asakabank" AJ balansidagi omborxona binosi, muzxona asbob-uskunalari va boshqa mulklardan iborat mulkiy majmua 5,8 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • soni 74 ta
  • boshlang‘ich narxi 2,6 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 2,9 mlrd so‘m
  • Surxondaryo viloyati Angor tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 9,9 mln so‘m bo‘lgan ixtisoslashtirilgan maktab balansidagi oshxona binosi 75,9 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 30 ta
  • boshlang'ich narxi 761 mln so‘m
  • sotilgan narxi 2,6 mlrd so‘m
  • yer maydoni 6 ga
  • Xorazm viloyati Urganch tumanidan boshlang'ich narxi 101,9 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar joy binolari qurish uchun 9 sotix yеr uchastkasi 418 mln so‘mga sotildi.
  • Namangan viloyati Pop tumanidan boshlang'ich narxi 15,5 mln so‘m bo‘lgan hunarmandchilik va kasanachilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun 10 sotix yеr uchastkasi 312,4 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 34 ta
  • boshlang'ich narxi 9,5 mln so‘m
  • sotilgan narxi 295,5 mln so‘m

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:

  • soni 15 ta
  • yer 551,8 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 14,5 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 14,8 mlrd so'm

O'tkazilgan savdolarda 646 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,9 trln so'm bo'lgan 115 811 ta lot savdoga qo'yilgan.

579 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech