Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

29 Aprel 2024

26-aprel sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

202 412 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 47,2 mlrd so'm bo'lgan 7 608 ta lot 57,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari: 
  • soni 20 ta
  • boshlang'ich narxi 25,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 27,5 mlrd so‘m
  • Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 8,8 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlardan samarali foydalanish markazi Namangan viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi avtosaroy bino-inshootlari 9,3 mlrd so‘mga sotildi.
  • Samarqand viloyati Samarqand tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 4,8 mlrd so‘m bo‘lgan "Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ balansidagi vakumli muzlatgich omborxona binosi va uskunalari 5,1 mlrd so‘mga sotildi.
Yer uchastkalari: 
  • soni 40 ta
  • boshlang'ich narxi 558 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,4 mlrd so‘m
  • yer maydoni 1,2 ga 
  • Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidan boshlang'ich narxi 39,7 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 3 sotix yеr uchastkasi 325,7 mln so‘mga sotildi.
  • Xorazm viloyati Xazorasp tumanidan boshlang'ich narxi 15 mln so‘m bo‘lgan qurilish materiallari ishlab chiqarish zavodi qurish uchun 9 sotix yеr uchastkasi 204,2 mln so‘mga sotildi. 
Ko'chma savdo joylari: 
  • soni 42 ta
  • boshlang'ich narxi 15 mln so‘m
  • sotilgan narxi 450 mln so‘m
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida: 
  • soni 82 ta
  • boshlang'ich narxi 16,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 19,2 mlrd so‘m
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridan boshlang'ich narxi 1,6 mlrd so‘m bo'lgan choyxona binosi 2,4 mlrd so‘mga sotildi. 
O'tkazilgan savdolarda 8 631 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi. 
Hozirda, narxi 11,5 trln so'm bo'lgan 210 412 ta lot savdoga qo'yilgan.
698 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech