Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

17 Yanvar 2024

16-yanvar sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

214 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 5,8 mlrd so'm bo'lgan 124 ta lot 11,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 13 ta
  • boshlang‘ich narxi 3,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 5,9 mlrd so‘m
  • Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,8 mlrd so‘m bo‘lgan “Namangan Agrokimyohimoya” AJ balansidagi Yangiqo‘rg‘on Iskovot dori saqlash ombori 3,9 mlrd so‘mga sotildi.
Yer uchastkalari:
  • soni 57 ta
  • boshlang'ich narxi 586,9 mln so‘m
  • sotilgan narxi 3,1 mlrd so‘m
  • yer maydoni 1,3 ga
  • Farg‘ona viloyati Beshariq tumanidan boshlang'ich narxi 14,7 mln so‘m bo‘lgan konserva mahsulotlarini ishlab chiqarish, qandolatchilik korxonalari qurish uchun 2 sotix yеr uchastkasi 142,9 mln so‘mga sotildi.
  • Buxoro viloyati Buxoro shahridan boshlang'ich narxi 10,4 mln so‘m bo‘lgan ko‘p funksiyali jamoat majmualari qurish uchun 40 metr kvadrat yеr uchastkasi 60,6 mln so‘mga sotildi.
Sud va boshqa organlar ijro hujjatlari bo'yicha:
  • soni 7 ta
  • boshlang'ich narxi 585 mln so‘m
  • sotilgan narxi 717,5 mln so‘m
  • Toshkent shahri Shayxontohur tumanidan boshlang'ich narxi 146,2 mln so‘m bo'lgan "Tracker" avtotransport vositasi 175,4 mln so‘mga sotildi.
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 9 ta
  • yer 6,9 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 284,5 mln so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 122,4 mln so'm
O'tkazilgan savdolarda 389 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,3 trln so'm bo'lgan 108 999 ta lot savdoga qo'yilgan.
515 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech