Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

15 Yanvar 2024

12-yanvar sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

1166 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 19,4 mlrd so'm bo'lgan 409 ta lot 74,7 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulkini ijaraga berish:
  • soni 5 ta
  • boshlang'ich narxi 274,8 mln so‘m
  • sotilgan narxi 937,8 mln so‘m
  • Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 72 mln so'm bo'lgan "Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti" MChJ balansidagi avtomobil transportini ijaraga berish xizmatini ko'rsatish joyi 266,4 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
  • soni 298 ta
  • boshlang'ich narxi 3,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 6,7 mlrd so‘m
  • yer maydoni 17,3 ga
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidan boshlang'ich narxi 6,1 mln so‘m bo‘lgan 4 sotix yеr uchastkasi yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun mulk huquqi bilan 59,1 mln so‘mga sotildi.
Sud va boshqa organlar ijro hujjatlari bo'yicha:
  • soni 14 ta
  • boshlang'ich narxi 2,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 3,5 mlrd so‘m
  • Samarqand viloyati Ishtixon tumanidan boshlang'ich narxi 154 mln so‘m bo'lgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi 568,1 mln so‘mga sotildi.
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 26 ta
  • yer 498,6 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 12,3 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 48,1 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 1439 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,7 trln so'm bo'lgan 110 328 ta lot savdoga qo'yilgan.
743 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech