Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

12 Yanvar 2024

11-yanvar sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

220 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 9,6 mlrd so'm bo'lgan 179 ta lot 26,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulkini ijaraga berish:
  • soni 1 ta
  • boshlang'ich narxi 72 mln so‘m
  • sotilgan narxi 187,2 mln so‘m
  • Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 72 mln so‘m bo‘lgan "Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti" MChJ balansidagi mobil qurilmalarni ro'yxatdan o'tkazish joyi 187,2 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
  • soni 107 ta
  • boshlang'ich narxi 2,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 3,9 mlrd so‘m
  • yer maydoni 924,2 ga
  • Toshkent viloyati Ohangaron tumanidan boshlang'ich narxi 389,6 mln so‘m bo‘lgan master-reja asosida oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 1 ga yеr uchastkasi 428,6 mln so‘mga sotildi.
  • Farg'ona viloyati Uchko'prik tumanidan boshlang'ich narxi 26,1 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 3,1 sotix yеr uchastkasi 782,7 mln so‘mga sotildi.
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 22 ta
  • boshlang'ich narxi 5,6 mln so‘m
  • sotilgan narxi 11,8 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 17 ta
  • yer 65 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 3,9 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 13,2 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 614 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,7 trln so'm bo'lgan 109 406 ta lot savdoga qo'yilgan.
945 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech