Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

11 Yanvar 2024

10-yanvar sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

201 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 3,8 mlrd so'm bo'lgan 123 ta lot 4,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulkini ijaraga berish:
  • soni 2 ta
  • boshlang'ich narxi 1,3 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 1,4 mlrd so‘m
  • Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 983,1 mln so‘m bo‘lgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ balansidagi 6 dona yopiq vagon 1,03 mlrd so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
  • soni 44 ta
  • boshlang'ich narxi 501,1 mln so‘m
  • sotilgan narxi 574,4 mln so‘m
  • yer maydoni 2,8 ga
  • Toshkent viloyati Chirchiq shahridan boshlang'ich narxi 115,9 mln so‘m bo‘lgan yoshlar sanoat zonalaridagi yog'ochni qayta ishlash obyektlarini qurish uchun 10 sotix yеr uchastkasi 150,7 mln so‘mga sotildi.
  • Farg'ona viloyati Quva tumanidan boshlang'ich narxi 23,3 mln so‘m bo‘lgan yoshlar sanoat zonalaridagi qurilish mollari ishlab chiqarish bino-inshootlarini qurish uchun 10 sotix yеr uchastkasi 25,6 mln so‘mga sotildi.
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 50 ta
  • boshlang'ich narxi 4,3 mln so‘m
  • sotilgan narxi 4,8 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 21 ta
  • yer 21 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 1,9 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 452,8 mln so'm
O'tkazilgan savdolarda 236 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 8,7 trln so'm bo'lgan 108 815 ta lot savdoga qo'yilgan.
815 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech