Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

02 Aprel 2024

1-aprel sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

1 798 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 66,4 mlrd so'm bo'lgan 825 ta lot 146,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi. 

Davlat aktivlari:

  • soni 8 ta
  • boshlang'ich narxi 4,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 7,5 mlrd so‘m
  • Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 378,3 mln bo'lgan “Farg‘ona neft bazasi” MChJ balansidagi bo‘sh turgan bino 2,1 mlrd so'mga sotildi. 

Davlat mulkini ijaraga berish:

  • soni 37 ta
  • boshlang'ich narxi 530 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,3 mlrd so‘m
  • Navoiy viloyati Navoiy shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 11,9 mln so‘m bo‘lgan Navoiy viloyat Ichki ishlar boshqarmasi balansidagi oshxona 78,9 mln so‘mga ijaraga berildi. 

Yer uchastkalari:

  • soni 114 ta
  • boshlang'ich narxi 2,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 15,9 mlrd so‘m
  • yer maydoni 9,1 ga
  • Jizzax viloyati Jizzax shahridan boshlang'ich narxi 120,1 mln so‘m bo‘lgan avtoturargoh qurish uchun 5 sotix yеr uchastkasi 360,5 mln so‘mga sotildi.
  • Andijon viloyati Asaka tumanidan boshlang'ich narxi 10,1 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 63 kvadrat metr yеr uchastkasi 414,5 mln so‘mga sotildi.

Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:

  • soni 91 ta
  • boshlang'ich narxi 25,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 29 mlrd so‘m 

Xususiy buyurtmalar:

  • soni 34 ta
  • boshlang'ich narxi 1,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 1,9 mlrd so‘m 

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 36 ta
  • boshlang'ich narxi 16 mln so‘m
  • sotilgan narxi 471 mln so‘m
  • Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tumanidan boshlang'ich narxi 0,9 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 180,2 mln so‘mga sotildi. 

O'tkazilgan savdolarda 2 775 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi. 

Hozirda, narxi 11,1 trln so'm bo'lgan 135 669 ta lot savdoga qo'yilgan.

1266 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech