Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

05 Dekabr 2024

“Invest Group Centre” MCHJning ochiq savdo jarayonlari yuzasidan axborot

Davaktiv agentligining joriy yil 2-oktyabrdagi “Invest Group Centre” MChJ ustav kapitalidagi 100% davlat ulushini ochiq savdo jarayonlari boshlanganligi toʻgʻrisidagi eʼloniga muvofiq, quyidagilar maʼlum qilinadi.

Davaktiv agentligi ushbu Aktivni xususiylashtirish boʻyicha konsultant “Portfolio Investments” kompaniyasiga bir qator xorijiy va mahalliy investorlardan kelib tushgan soʻrovlardan kelib chiqib, bergan tavsiyasiga asosan, sotish jarayonlarini raqobat muhitida oʻtkazish maqsadida, barcha manfaatdor tomonlarga “Invest Group Centre” MChJdagi davlat ulushini sotib olish yuzasidan qiziqish bildirish (Express of Interest) boʻyicha arizalarni qabul qilish muddatini 2024-yil 28-dekabr kuni soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini maʼlum qiladi.

Qiziqish bildirilgan taqdirda, arizalarni quyidagi elektron pochta manziliga yuborish lozim: munir.yakubov@piamg.uz

Avvalgi chop etilgan Aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish bosqichi boshlanganligi toʻgʻrisidagi eʼlonning qolgan barcha bandlari oʻzgarishsiz qolmoqda.

Davaktiv agentligi xususiylashtirish jarayonlarining har bir bosqichi toʻgʻrisida jamoatchilikni qoʻshimcha tarzda xabardor qilib borilishini taʼminlaydi.

2762 Chop etish