Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

20 Sentyabr 2024

Bir qator davlat aktivlarining xususiylashtirish jarayonlari yuzasidan axborot

I. Davaktiv agentligining joriy yil 7-avgustdagi “Avtokomponent” MChJ va “Avto Climate Control” MChJ ustav kapitalidagi 100% davlat ulushini sotish jarayoni boshlanganligi toʻgʻrisidagi eʼlonlarga muvofiq, quyidagilar maʼlum qilinadi.

Davaktiv agentligi ushbu jamiyatlarni xususiylashtirish boʻyicha konsultant “Portfolio Investments” kompaniyasining taklifiga asosan, yanada koʻproq salohiyatli investorlarni jalb qilish, mazkur savdo bosqichida talab etiladigan hujjatlarni tayyorlanishiga koʻproq imkoniyat yaratish, shuningdek sotish jarayonlarini raqobat muhitida oʻtkazish maqsadida, barcha manfaatdor tomonlarga “Avtokomponent” MChJ va “Avto Climate Control” MChJdagi davlat ulushini xususiylashtirish yuzasidan qiziqish bildirish (Express of Interest) boʻyicha arizalarni qabul qilish muddatini 2024 yil 10-oktabr kuni soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini maʼlum qiladi.

Qiziqish bildirilgan taqdirda, arizalarni quyidagi elektron pochta manziliga yuborish lozim: munir.yakubov@piamg.uz

Avvalgi chop etilgan Aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish bosqichi boshlanganligi toʻgʻrisidagi eʼlonlarning qolgan barcha bandlari oʻzgarishsiz qolmoqda.

Davaktiv agentligi xususiylashtirish jarayonlarining har bir bosqichi toʻgʻrisida jamoatchilikni qoʻshimcha tarzda xabardor qilib borilishini taʼminlaydi.

 

II. Tegishli xususiylashtirish dasturlariga asosan, Davaktiv agentligining 2024-yil 22-iyuldagi eʼloniga muvofiq, “Uzinjiniring” respublika loyiha instituti” MChJ (keyingi oʻrinlarda – “Aktiv”) ustav kapitalidagi 100% davlat ulushini xususiylashtirish jarayonlari boshlangan.

Oʻz navbatida, ushbu Aktivni xususiylashtirish jarayonini ilgʻor xalqaro tajriba asosida amalga oshirish uchun “Abrau Capital” (keyingi oʻrinlarda – “Konsultant“) kompaniyasi xususiylashtirish boʻyicha Konsultant sifatida jalb etilgan.

Avval berilgan axborotga muvofiq, Aktivni sotib olishga talabgorlardan arizalarni qabul qilish jarayoni doirasida, 2024-yil 22-avgustga qadar 3 nafar xalqaro va mahalliy investorlar tomonidan sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish toʻgʻrisidagi arizalar Konsultantga kelib tushib, ushbu talabgorlar keyingi bosqichga oʻtkazilgan edi.

Konsultant tomonidan taqdim etilgan maʼlumotga asosan, keyingi bosqichga oʻtkazilgan 2 nafar talabgorlar tomonidan savdo jarayonlarida qatnashish rad etilgan.

Shunga koʻra, Konsultant tavsiyasiga asosan sotish jarayonini raqobat muhitida oʻtkazish maqsadida, Davaktiv agentligi barcha manfaatdor tomonlar va salohiyatli investorlarga “Uzinjiniring” respublika loyiha instituti” MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushini xususiylashtirish jarayonining Aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichi muddati 2024-yil 8-oktabr kuni soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini maʼlum qiladi.

Shu bilan birga, avvalgi chop etilgan Aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish bosqichi boshlanganligi toʻgʻrisidagi eʼlonning qolgan barcha bandlari oʻzgarishsiz qolmoqda.

Davaktiv agentligi xususiylashtirish jarayonlarining har bir bosqichi toʻgʻrisida jamoatchilikni qoʻshimcha tarzda xabardor qilib borilishini taʼminlaydi.

5116 Chop etish