Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

23 Fevral 2020

Xorijiy ekspertlar nigohida: Yangi “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonun

YouTube orqali ko'rish uchun havola

Matn:

Mening ismim Mattias Nehm, men Germaniyaning Berlin shahrida faoliyat olib boradigan “Indecon Consulting” konsalting kompaniyasi direktoriman.

Qonun haqida to‘xtalib o‘tsam:

Mening fikrimcha, yangi Qonun juda keng qamrovli, hatto ba’zi jihatlari bo‘yicha juda ham batafsil ishlab chiqilgan.

O‘ylaymanki, bu sotuvchi va xaridor uchun zarur huquqiy aniqlikni ta’minlaydi. O‘ylaymanki, yangi Qonun munosabati bilan mahalliy va xorijiy investorlar xususiylashtirish jarayonlarida tobora ko‘proq ishtirok etadi.

Yangi Qonunning shaxsan men uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan ayrim jihatlariga to‘xtalib o‘tmoqchiman:

1. Shaffoflik:

Yangi Qonun xususiylashtirish jarayonlarining barcha jihatlari va bosqichlarining keng shaffofligini talab qiladi. Bu korrupsiyaning oldini oladi va investorlar ishonchini mustahkamlaydi.

2. Jarayonlarni yagona davlat organida markazlashtirish:

Qonun bilan xususiylashtirish jarayonlari aniq belgilangan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lgan yagona davlat organida markazlashtirish ko‘zda tutilgan. Bu xususiylashtirishni yuqori darajada oshkoralik bilan amalga oshirish imkonini beradi.

3. Respublika mulkini va munitsipal mulkni xususiylashtirishni nomarkazlashtirish.

4. Tashqi ekspertlar tomonidan qiymatni baholanishi:

Qonunda xususiylashtirish jarayonlarini amalga oshirish va xususiylashtiriladigan davlat mulkini baholash uchun mas’uliyatni ajratish nazarda tutilgan.

5. Xususiylashtirish usullari:

Qonun bilan xususiylashtirilayotgan davlat aktivlarining turi va holatiga qarab qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan bir qancha xususiylashtirish usullari nazarda tutilgan. Bu esa muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini oshiradi.

6. Xaridorga qo‘yiladigan talablar:

Qonunning 6-bobida belgilangan xaridorlarga qo‘yiladigan talablar barqaror xususiylashtirishga zamin yaratadi.

7. Shartnoma qoidalari.

8. Majburiyatlarni bajarmaslik yoki o'z vaqtida bajarmaslik:

Menimcha, bu tartib o‘ta muhim hisoblanib, avvalgi pozitsiyalarni o‘zgarishini anglatadi va konsultatsiyalar davomida biz tomonimizdan bir necha bor ta‘kidlangan. Yangi tartib xaridor shartnoma shartlarini bajarmagan taqdirda muzokaralar jarayonini boshlashga qaratilgan.

O‘z navbatida, yangi Qonunni hayotga tatbiq etishda va kelgusi xususiylashtirish jarayonlarida muvaffaqiyatlar tilayman.

170 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech