Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

23 Mart 2021

Germaniya biznesi vakillari O‘zbekistondagi xususiylashtirish jarayonlariga qiziqish bildirmoqda

Davlat aktivlarini boshqarish agentligida Germaniyaning SCHNEIDER GROUP konsalting kompaniyasi prezidenti Ulf Shnayder boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mehmonlarga bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan xususiylashtirish va transformatsiya jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

SCHNEIDER GROUP kompaniyasi Germaniyaning o‘rta va kichik biznes Federal Assotsiatsiyasining rasmiy vakili sifatida joriy yil iyun oyida ushbu mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari uchun qiziqarli bo‘lgan soha va davlat aktivlari bo‘yicha “virtual” tur tashkil etish taklifini bildirdi va tomonlar ushbu takliflarni qo‘llab-quvvatladilar. 

Muloqot so‘ngida ikki tomonlama aloqalarni yanada kengaytirishga kelishib olindi.

2894 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech