Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

06 Avgust 2022

"Farg'onaazot" AJning 99,02 foiz aksiyalar pakiteni sotish bo'yicha dastlabki saralash bosqichi yakunlari yuzasidan axborot

Аvval maʼlum qilganimizdek, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Davaktiv agentligi)ning rasmiy veb-sahifasida joriy yil 2 iyun kuni chop etilgan eʼlonga asosan, Davaktiv agentligi tomonidan “Fargʼonaazot” АJning (keyingi oʼrinlarda – Kompaniya) 99,02 foiz aksiyalar paketini sotish boʼyicha dastlabki saralash bosqichi (RfQ) uchun arizalarni 2022 yil 2 iyundan 18 iyulga qadar qabul qilingan. Ushbu aktivni xususiylashtirish jarayonlarida Deloitte” kompaniyasi yetakchi maslahatchi hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) strategik maslahatchi sifatida jalb etilgan.

Kompaniyaning xususiylashtirish jarayonlari doirasida Davaktiv agentligining maslahatchilari tomonidan keng qamrovli marketing ishlari amalga oshirildi, jumladan investitsiya tizerlari salohiyatli investorlarga yuborildi, shuningdek “The Financial Times” nashrida maqola chop etildi. Natijada, Аmerika, Osiyo va Yevropa mamlakatlardan 10 nafar xalqaro investorlar tomonidan sotib olish boʼyicha qiziqish bildirish (Express of interest) toʼgʼrisidagi arizalar taqdim etilgan, oʼz navbatidata talabgorlarning dastlabki saralash bosqichi (RfQ) arizalari uchun toʼliq hujjatlar toʼplami kelib tushgan.

Davaktiv agentligi hamda uning maslahatchilari tomonidan saralash uchun kelib tushgan barcha arizalar 2022 yil 2 iyun kuni chop etilgan hujjatlardagi saralash bosqichi mezonlariga muvofiqligi yuzasidan oʼrganib chiqildi. Oʼrganib chiqish natijasida, talabgorlardan kelib tushgan arizalarning 1 tasi dastlabki saralash bosqichining talablariga nomuvofiqligi sababli xususiylashtirish jarayonlarining navbatdagi bosqichiga oʼtkazilmagan va qolgan barcha talabgorlar keyingi bosqichga oʼtkazilgan.

Kelgusi ikki hafta davomida, mazkur talabgorlar xususiylashtirish jarayonlarining kelgusi bosqichlarida ishtirok etish uchun taklif qilinadi hamda ularga keyingi bosqich jarayonlari toʼgʼrisidagi xat (Procedures Letter) yuboriladi. Xususiylashtirish jarayonlarida kelgusidagi oʼz ishtirokini tasdiqlash uchun, ushbu talabgorlar bilan Аxborotlarni oshkor etmaslik toʼgʼrisidagi bitim (NDA) imzolash taklif etiladi, soʼngra ularga xalqaro maslahatchilar tomonidan tayyorlangan Kompaniyaning moliyaviy va yuridik maʼlumotlari, shuningdek tahliliy hisobot (VDD)larini oʼz ichiga olgan virtual axborot xonasi (VDR)ga kirish imkoniyati yaratiladi.

Davaktiv agentligi xususiylashtirish jarayoniga qiziqish bildirgan va dastlabki saralash bosqichi (RfQ) doirasida arizalar topshirgan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiradi hamda dastlabki saralash bosqichidan oʼtgan talabgorlar bilan kelgusidagi konstruktiv hamkorlikka ishonch bildiradi.

4024 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech