Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mahalliy va xorijiy investorlarni “Quva don mahsulotlari” AJ ustav kapitalidagi 51,0 foiz hamda “Xorazm don mahsulotlari” AJ ustav kapitalidagi 92,2 foiz davlat aksiya paketini sotib olish boʻyicha birja savdolariga taklif etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori doirasida mazkur davlat aksiya paketlari quyidagi shartlar asosida 2024-yil 6-dekabrda “Toshkent RFB” AJda birja savdolariga qoʻyiladi:
- kamida 5 yil davomida don korxonasining asosiy faoliyat turini saqlab qolish;
- mavjud don saqlash sigʻimlarini kamaytirmaslik;
- qonunchilikda belgilangan tartibda davlat zaxirasi uchun saqlanadigan don hajmlarini shartnomalar asosida haq toʻlash evaziga saqlab berish.
Davlat aksiya paketlarini “Toshkent RFB” AJda birja savdolariga chiqarish maqsadida “Mulk-sarmoya brokerlik uyi” AJ investitsiya vositachisi sifatida tanlab olingan.
“Mulk-sarmoya brokerlik uyi” AJ boʻyicha qisqa maʼlumot:
- Manzil: Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 107-uy
- Telefon raqami: +99871-267-35-20
- Elektron pochta: info@ndvakt.uz
- Veb-sayti: www.msbu.uz
Hurmatli mahalliy va xorijiy investorlar! Birja savdolarida ishtirok etishda huquqlaringiz buzilgan taqdirda, Davaktiv agentligining quyidagi ishonch telefonlari orqali xabar berishingizni soʻraymiz: +99871-259-21-37, 1082 (qisqa raqami).
Davlat aksiya paketlari toʻgʻrisida maʼlumot
|
“Quva don mahsulotlari” AJ |
“Xorazm don mahsulotlari” AJ |
Sotiladigan aksiyalar |
51,0 foiz |
92,2 foiz |
Emitentning faoliyat sohasi |
Tegirmon – yorma sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish |
Tegirmon – yorma sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish |
Sotiladigan aksiyalarning umumiy soni |
747 226 dona |
10 735 138 dona |
Aksiyalar paketining savdoga qoʻyishdagi boshlangʻich narxi |
20 048 023 600 soʻm |
29 683 871 663 soʻm |
Bitta aksiya paketining savdoga qoʻyishdagi boshlangʻich narxi |
26 829,9 soʻm |
2 765,1 soʻm |
Emitentning ustav fondi miqdori |
571 408 110 soʻm |
1 163 945 200 soʻm |
Lotlar soni |
1 ta |
1 ta |