Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

04 May 2024

“Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunining mohiyati va ahamiyati vazirlik va idoralar mutaxassislariga yetkazildi

O‘zbekiston Respublikasi “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunining qabul qilinishi munosabati bilan uning mohiyati va ahamiyatini aholi oʻrtasida tushuntirish maqsadida Davaktiv agentligi tomonida joriy yilning 1-2 may kunlari “Zoom” aloqa platformasi orqali 96 ta vazirlik va idoralar, ularning hududiy boshqarmalari, mahalliy hokimiyat organlari hamda Davaktiv agentligining hududiy boshqarmalari xodimlari ishtirokida seminarlar oʻtkazildi.

Mazkur seminarlarda davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlarini tashkil etish, jumladan, xususiylashtirish dasturini ishlab chiqish, xususiylashtirishga tayyorlash, xususiylashtirish usullari, oldi-sotdi shartnomalarni rasmiylashtirish va mulk huquqi tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida tushuntirildi.

Seminarlarda Davaktiv agentligi xodimlari tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

981 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech