Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

14 Iyul 2020

Davlat ishtirokidagi korxonalar ijroiya organining rahbarlik lavozimlariga tanlov oʻtkazish va nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom ishlab chiqildi.

“Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 martdagi PQ-101-son qaroriga asosan 2023 yil 1 iyuldan boshlab davlat ishtirokidagi korxonalarning rahbari va uning oʻrinbosarlarini tayinlash (saylash) tanlov asosida amalga oshirilishi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan hollar mustasnoligi nazarda tutilgan.

Rahbarlik lavozimlariga tanlovlarni shaffof, teng, toʻgʻri raqobatga asoslangan va mustaqil amalga oshirish maqsadida, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga aʼzo davlatlarning eng yaxshi tajribalari asosida Davlat ishtirokidagi korxonalar ijroiya organi rahbari va oʻrinbosarlari lavozimlariga tanlov oʻtkazish va nomzodlarni saralash tartibi ishlab chiqildi.

Mazkur hujjat ijroiya organi tarkibiga eng maqbul nomzodlarni tanlov asosida saralab olishga yoʻnaltirilgan boʻlib, har bir davlat ishtirokidagi korxona uchun alohida tasdiqlanishi nazarda tutilgan.

Oʻz navbatida, hujjat bilan quyidagi xarakatlar tartibga solinadi:

  • Nomzodlarni saralash va tanlab olish tartibi va bosqichlari;
  • Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar
  • Saralash jarayonida nomzodlarni baholash.

Korxonalar boshqaruviga yetuk salohiyatga ega mutaxassislarni jalb qilinishi va yangi tartibni joriy etilishi davlat ishtirokidagi korxonalarni samaradorligini oshishiga, davlat korxonalarini Oʻzbekistonning yalpi ichki maxsuloti oʻsishiga qoʻshgan ulkan hissasi hisobiga, davlat korxonalarini koʻrsatkichlari yaxshilanishi iqtisodiyot, hukumat va fuqarolik jamiyati uchun uzoq muddatli ijobiy taʼsir koʻrsatishi kutilmoqda.

475 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech