Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

09 Iyul 2025

Davlat aktivlari agentligi ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga nomzodlarni saylash boʻyicha tanlov eʼlon qilinadi

Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida"gi Qonuniga hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 647-son qaroriga muvofiq Davlat aktivlari agentligi ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashlari tarkibiga davlat ulushi boʻyicha aʼzolikka nomzodlarni tanlov asosida saralab olish va keyinchalik korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga saylash boʻyicha tanlov eʼlon qilinadi.

Davlat aktivlari agentligi ishtirokidagi quyidagi jadvalda koʻrsatilgan 10 ta korxonalarning kuzatuv kengashlari tarkibiga davlat ulushi boʻyicha 22 nafar nomzodlarni tanlov asosida saralab olish boʻyicha ochiq tanlov eʼlon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar Davlat aktivlari agentligining maxsus veb-portali (cns.davaktiv.uz) orqali elektron shaklda qabul qilinadi (foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma bilan tanishish). Har bir korxonaning sohaviy yoʻnalishini inobatga olib qoʻshimcha talablar belgilangan.

Tanlov jarayoni korxonalarda kuzatuv kengashi aʼzosi sifatida faoliyat olib borish istagida boʻlgan va quyidagi umumiy talablarga mos har qanday shaxslar uchun ochiq:

  • amaldagi korporativ boshqaruvchi malaka attestatiga ega boʻlishibundan qonunchilik hujjatlariga binoan korporativ boshqaruvchi malaka attestatini olish talab etilmaydigan shaxslar mustasno;
  • oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
  • kamida 2 yillik ish tajribasiga ega boʻlishi, bunda sohaviy tajribaga ega boʻlgan nomzodlarga ustunlik beriladi;
  • nomzod ariza topshirmoqchi boʻlgan korxona boshqaruvi aʼzolari va direktori yoki ularning funksiyalarini amalga oshirayotgan, korxonada yoki uning shoʻba va tobe xoʻjalik jamiyatlarida mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlamayotgan boʻlishi;
  • iqtisodiy jinoyatlar yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar uchun sudlanganligi mavjud boʻlmagan hamda sud qarorlariga asosan mansab lavozimlarini egallashi cheklanmagan, shuningdek korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilmagan boʻlishi;
  • korxonaga nisbatan tartibga soluvchi yoki nazorat (shu jumladan, litsenziyalash organlari va moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshiruvchi organlar) funksiyasini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining xodimi boʻlmasligi;
  • qonunchilik hujjatlarida kuzatuv kengashi aʼzosi sifatida faoliyat olib borishi taqiqlangan shaxslar toifasiga kirmasligi;
  • besh va undan ortiq kuzatuv kengashlarida aʼzo boʻlmasligi (davlat xizmatchilari uchtadan ortiq korxona kuzatuv kengashi tarkibida aʼzo boʻlmaligi);
  • soʻngi uch yilda korxonaga va (yoki) korxonaning affillangan shaxslariga auditorlik xizmatlarini koʻrsatgan auditorlik tashkilotining xodimi boʻlmasligi lozim.

 

Nomzodlar Kuzatuv kengashi aʼzolariga yuklatiladigan fidutsiar majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi.

 

Gender tengligini taʼminlash boʻyicha davlat siyosatiga muvofiq, tanlov jarayonida ayollar nomzodlariga ustuvorlik beriladi, bunda ularning malakasi, ish tajribasi va sohaviy yoʻnalishga mosligi inobatga olinadi.

 

Qoʻshimcha maʼlumot uchun Davlat aktivlari agentligining maxsus aloqa raqamlari: F.Abduvaliyeva, (71) 259-22-04.

 

Kuzatuv kengashi aʼzolari jalb qilinadigan korxonalar
ROʻYXATI

 

T/r

Xoʻjalik jamiyatining nomi

Aʼzolik oʻrinlari soni

Ariza berish uchun havola

1

“Shargʻunkoʻmir” AJ

7

havola

2

“Yoshlar” Teleradiokanali” AJ

3

havola

3

“Koson neftgazqidiruv ekspeditsiyasi” AJ

2

havola

4

"Fargʻona yogʻ-moy" AJ

2

havola

5

"Yoʻl-loyiha byurosi" MChJ

1

havola

6

“Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi” AJ

1

havola

7

“Oʻzmaxsusmontajqurilish” AJ

1

havola

8

“Oʻzogʻirsanoatloyiha” Instituti AJ

1

havola

9

“Oʻzagrosanoatloyiha” MChJ

1

havola

 

 
 
21 Chop etish