Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

28 Iyul 2022

Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Davaktiv agentligi direktori o‘rinbosari Q.Hakimov ishtirokidagi brifing

Brifing matni

Barchamizga ma'lumki, respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Buni mamlakatimizda so‘nggi yillarda sohaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ma'muriy islohotlar misolida ko‘rishimiz mumkin.

Ta'kidlash joizki, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimida ham korrupsiyaga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan tarkibiy tuzilma joriy etilgan bo‘lib, ushbu faoliyatni takomillashtirish uchun muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda hamda korrupsiya illatlarini oldini olish va profilaktika qilishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

O‘tgan davr mobaynida Agentlikda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishda quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Jumladan, Agentlikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ISO 37001 xalqaro standarti joriy qilinib, unga tegishli "Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi" sertifikatini qo‘lga kiritildi.

Shuni ta'kidlashimiz zarurki, ISO 37001 bu tashkilotda korrupsiyaga qarshi samarali tizimni yaratish uchun xalqaro modelni o‘z ichiga olgan dunyodagi birinchi xalqaro standart hisoblanadi.

Ushbu standartning sertifikatini olish orqali tashkilot investorlar, tadbirkorlar, davlat hokimiyati organlari hamda boshqa manfaatdor tomonlarga biznes jarayonlarini shaffof, qonuniy va jahonning ilg‘or tajribalariga muvofiq ravishda o‘tkazish qobiliyatini yuqori darajada namoyish etishi mumkin.

Agentlik mazkur standartning talablarini tadbiq etish doirasida, o‘z tizimida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanib, uning asosida bir qator hujjatlar qabul qilindi va buning natijasida Agentlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo‘yicha harakatlar qonuniy tartibga solindi.

Jumladan, Agentlik buyrug‘i bilan:

- Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati;

- Agentlik tizimi xodimlarining “Odob-ahloq qoidalari”;

- “manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risida”gi Nizom;

- “Agentlik va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom;

- “Axborot xavfsizligi siyosati”;

- Xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha majburiyatlar;

- Agentlik tizimida bo‘sh ish o‘rinlariga xodimlarni qabul qilishda shaffoflikni ta'minlash, ularni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularni rotasiya qilish, rag‘batlantirish tizimi joriy etildi.

Bundan tashqari, Agentlikda korrupsiya to‘g‘risida xabar berish yangi aloqa kanallari joriy etildi.

Xususan, Agentlikning Ishonch telefoni, Ichki nazorat va komplaens xizmati elektron pochta manzili, Agentlikning rasmiy veb-saytidagi so‘rovnomalar o‘tkazish sahifasi yaratildi hamda korrupsiya holatlari va Agentlik xodimlarning hatti-harakatlari yuzasidan murojaatlarni qabul qilish uchun tegishli Telegram-bot ishga tushirildi.

O‘z navbatida, Agentlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida ish samaradorligini oshirish maqsadida Agentlikning barcha hududiy boshqarmalarida va idoraviy mansub tashkilotlarida Ichki nazorat va komplaens xizmati bo‘linmalari tashkil etildi.

Yuqoridagilarga qo‘shimcha qilib, Agentlik markaziy apparatida korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori deb topilgan boshqarma va bo‘lim xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi keskin ko‘nikmalarini hosil qilish maqsadida, ularga tegishli tushunchalar berish va ularning malakasini oshirishga qaratilgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ISO 37001 xalqaro standarti doirasida o‘quv kurslarini tashkil qilish natijasida Agentlik xodimlari tegishli sertifikatlarga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, Agentlikning xususiylashtirish, korporativ boshqarish, baholash, bankrotlik, davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash, inson omilini qisqartirish bo‘ycha ishlarni amalga oshirish maqsadida “2022-2023 yillarda Agentlik tizimidagi zamonaviy IT texnologiyalarini yanada takomillashtirish va inson omili yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarni raqamlashtirish bo‘yicha “Yo‘l xarita”si qabul qilinib uni amalda tadbiq qilish bugungi kunda asosiy ko‘zda tutilgan maqsadlardan biridir.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 81-son qarori bilan davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi joriy etilgan.

O‘z navbatida, Davaktiv agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish bo‘yicha ish faoliyati samaradorligi reytingi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “qoniqarli” natija bilan baholandi.

Ta'kidlab o‘tish joizki, kelgusida Agentlik korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish bo‘yicha murosasiz kurashishni maqsad qilib qo‘ygan.

E'tiboringiz uchun rahmat!

2817 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech