Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

30 Aprel 2024

"Jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy transformatsiyalash sharoitida bozor va mulkiy munosabatlarni rivojlantirish" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida qatnashish uchun arizalar qabul qilinadi

2024-yil 3-may kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazida "Jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy transformatsiyalash sharoitida bozor va mulkiy munosabatlarni rivojlantirish" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda. Mazkur konferensiya Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Tadqiqotlar markazi tashkil etilganligining 30 yilligiga bagʻishlangan.

Konferensiya boshlanishi vaqti: soat 10:00 (Toshkent vaqti bilan).

Konferensiya tili: oʻzbek, rus va ingliz

Konferensiyaning asosiy yoʻnalishlari:

  1. Davlat mulkini xususiylashtirish – mulkiy munosabatlarni oʻzgartirish, xususiy mulkni rivojlantirish va iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish asosi.
  2. Davlat mulkini samarali boshqarish va davlat aktivlarini transformatsiyalash institutlari va mexanizmlarini rivojlantirish.
  3. Xoʻjalik jamiyatlarida, shu jumladan davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy xalqaro standartlari va ilgʻor amaliyotini joriy etish.
  4. Iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish metodologiyasi va mexanizmlarini, toʻlovga qobiliyatsizlik va bankrotlik tartib-taomillarini takomillashtirish.
  5. Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmlari orqali kapital bozorini, uning infratuzilmasini rivojlantirish va investorlarni jalb qilish.
  6. Koʻchmas mulk bozorini rivojlantirish, baholash va rieltorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish hamda faoliyat koʻrsatishini takomillashtirish masalalari.

Mazkur konferensiyada ishtirok etish uchun 2024-yil 3-may sanasiga qadar konferensiya yoʻnalishlari boʻyicha maqola/tezisni (ilova qilingan shakldagi ariza bilan birgalikda) oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida taqdim etish lozim.

Maqola/tezislar elektron shaklda quyidagi elektron pochta manzili boʻyicha: research@davaktiv.uz yoki quyidagi Telegram akkaunt orqali: @Mirakhmad1 (Miraxmad Jalilov) qabul qilinadi.

Konferensiya ishida mahalliy va xorijiy oliy taʼlim muassasalarining oʻqituvchilari, doktorantlari, mustaqil tadqiqotchilari va talabalari, ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy xodimlari, shuningdek davlat organlari, korxonalar hamda nodavlat tashkilotlarning rahbar xodimlari va mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin. Konferensiyada onlayn rejimida ishtirok etishni xohlovchi shaxslarga oldindan ulanish etish uchun havola yuboriladi.

Konferensiya materiallari toʻplamini nashr etish va tashkiliy ishlarni amalga oshirish uchun Oʻzbekistonlik ishtirokchilar har bir sahifa uchun 30 000 soʻm miqdorida tashkiliy badal toʻlashlari lozim. Xorijiy mamlakatlardan boʻlgan ishtirokchilar uchun konferensiyada ishtirok etish bepul.

Konferensiya maqola/tezislarini rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablar:

  • maqola/tezis konferensiya ilmiy yoʻnalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, ilmiy-amaliy tavsiyalarni oʻz ichiga qamrab olgan holda, imloviy xatolarsiz taqdim etilishi lozim;
  • maqola/tezis matni 3-5 betdan oshmasligi lozim;
  • matn muharriri – MS Word;
  • varaq formati – A4 oʻlchovli, kitob shakli, matnning har bir tomonidan – 20 mm;
  • shrift: garnitura – Times New Roman, 14 kegl kattaligida;
  • xatboshi – 1,0 sm, qatorlar oraligʻi – bir interval, tekislash – matn kengligi boʻyicha;
  • maqola/tezis nomi uning yuqori qismida BOSH HARFLARDA yoziladi, qalin shriftda, tekislash markazdan.
  • bir qatordan keyin oʻng tomonda muallif maʼlumotlari koʻrsatiladi (F.I.Sh. (toʻliq), ish joyi, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, elektron pochta manzili va mobil telefon raqami). Bir qatordan keyin maqola/tezisning asosiy matni beriladi.
  • jadval va grafiklar MS Excel formatida; rasm va sxemalar MS Word formatida; formulalar MS Equation muharririda;
  • barcha jadval, grafik, rasm va sxemalarning manbasi va izohi keltirilishi shart;
  • adabiyotlar roʻyxati maqola/tezis oxirida keltiriladi. Foydalanilgan manba va adabiyotlarga havolalar maqola/tezis asosiy matni ichida kvadrat qavslar ichida keltirilishi (masalan, [1]) hamda matnda zikr qilish tartibida joylashtirilishi kerak. Adabiyotlar roʻyxatining rasmiylashtirilishi GOST 7.0.100-2018 ga muvofiq boʻlishi kerak.
  • maqola/tezis fayli nomlanishida konferensiyaning tegishli yoʻnalishi raqami va muallif familiyasi lotin harflarda koʻrsatilgan boʻlishi kerak (masalan: 1-Saidov.doc).

Maqola/tezis matni tahrir qilingan boʻlishi va rasmiylashtirishning texnik talablariga qatʼiy mos kelishi kerak. Ushbu talablarga javob bermaydigan va kechikib yuborilgan maqola/tezislar qabul qilinmaydi. Muallif maqola/tezisning mazmuni, matnda foydalanilgan misollar, iqtiboslar va maʼlumotlarning aniqligi va ishonchliligi uchun javobgardir.

Bitta muallifdan faqat bitta yakka tartibda maqola/tezis qabul qilinadi, qolganlari (2 tadan koʻp boʻlmagan) hammualliflikda boʻlishi mumkin. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yakunlari boʻyicha konferensiya materiallari toʻplami nashr etiladi. Ekspertlardan ijobiy tavsiyalar olgan mualliflarning maqola/tezislari konferensiya materiallari toʻplamida chop etiladi. Konferensiya materiallari toʻplami konferensiya oʻtkazilgandan keyin mualliflarga elektron tarzda yuboriladi.

Tashkiliy badalni oʻtkazish uchun bank karta raqami: 8600 1129 9647 7501 (Ashurov Zufar Abdulloyevich).

Konferensiya tashkiliy qoʻmitasi manzili: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur koʻchasi 6-uy. Tel.: (99871) 259-21-06.

Muallif (mualliflar) arizasi
“JAMIYATNI IJTIMOIY-IQTISODIY TRANSFORMATSIYALASH SHAROITIDA BOZOR VA MULKIY MUNOSABATLARNI RIVOJLANTIRISH”
xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etish uchun

Muallif familiyasi, ismi va sharifi (toʻliq)

 

Shahar, mamlakat

 

Ish yoki oʻqish joyi (tashkilotning toʻliq nomi)

 

Lavozimi

 

Ilmiy daraja va ilmiy unvon

 

E-mail

 

Telefon raqamlari

 

Ishtirok etish shakli (shaxsan/sirtdan)

 

Maqola/tezis nomi

 

Yoʻnalish raqami va nomi

 

Tashkiliy badal toʻlovi (toʻlov tasdigʻi ilova qilinishi kerak)

 

"Jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy transformatsiyalash sharoitida bozor va mulkiy munosabatlarni rivojlantirish" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etish uchun maqola/tezisni yuborib, men oʻz amqola/tezisimni konferensiya toʻplamida bepul (muallif haqi toʻlanmasdan) nashr etishga roziman.

936 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech