Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

30 Iyul 2022

Don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari ommaviy savdolarga chiqarish to'g'risida e'lon

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʼrinlarda – Davaktiv agentligi) quyidagi don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari (keyingi oʼrinlarda – davlat aktivi)ning ommaviy savdolari jarayonlari boshlanganligini eʼlon qiladi.

Davlat aktivini sotish ikki bosqichda o‘tkaziladi.

Bunda:

birinchi bosqichda – talabgorlar oldindan malakalanadi (saralanadi), jumladan, savdolarda qatnashish uchun talab qilingan hujjatlarning to‘liqligi, zakalat pulining kelib tushganligi, davlat aktividan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo'yilgan talabdan kelib chiqib talabgor tomonidan taklif etilgan biznes kontseptsiyasi loyihasining maqbul yoki maqbul emasligi ko‘rib chiqiladi;

ikkinchi bosqichda – talabgorning tijorat takliflari (sotib olish narxi va to‘lovni amalga oshirish muddati), zakalat puli miqdori (narx taklifining kamida 5 foizini tashkil etishi) hamda to‘lov qobiliyati baholanadi.

Savdoning birinchi bosqichida ishtirok etish uchun talabgorlar tomonidan 2022-yil 6-sentabr kuni soat 18:00 ga qadar (Toshkent vaqti bilan) o‘zbek yoki rus yoxud ingliz tillarida (talabgorning ixtiyoriga ko‘ra) mazkur eʼlonning 1-ilovasi (jismoniy shaxslar) 1 a-ilovasi)dagi ariza namunasi to‘ldirilib (imzolangan holda), quyidagi hujjatlarning skaner qilingan shakli (kodlangan holda) “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali taqdim etiladi:

a) yuridik shaxslar uchun: yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma va uning ustavi nusxalari (talabgor tomonidan tasdiqlangan holda);

hujjatlar topshirilgan sanaga talabgor, uning taʼsischisi va/yoki benefitsiarining to‘liq ro‘yxati (agar to‘lovga taʼsischi va/yoki benefitsiarning mablag‘i jalb etilishi ko‘zda tutilayotgan bo‘lsa, talabgorning ustav kapitalidagi tegishli ulushlarini va miqdorini ko‘rsatgan holda);

davlat aktividan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo‘yilgan talabdan kelib chiqqan holda undan foydalanishning biznes konsepsiyasi loyihasi;

talabgor savdoda ishtirok etishi uchun sotib olishni rejalashtirgan davlat aktivi bo‘yicha talabgorning o‘zi taklif etadigan qiymatdan kamida 5 foizi miqdorida zakalat puli mablagʼlarini “Elektron onlayn-auktsionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasining quyida keltirilgan maxsus hisob-raqamiga oʼtkazilganligi toʼgʼrisidagi toʼlov hujjati nusxasi.

b) jismoniy shaxslar uchun:

soliq toʼlovchining identifikatsiya raqami (O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun), pasport maʼlumotlari;

davlat aktividan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo‘yilgan talabdan kelib chiqqan holda undan foydalanishning biznes kontsepsiyasi loyihasi;

talabgor savdoda ishtirok etishi uchun sotib olishni rejalashtirgan davlat aktivi bo‘yicha talabgorning o‘zi taklif etadigan qiymatdan kamida 5 foizi miqdorida zakalat puli mablag‘larini “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasining quyida keltirilgan maxsus hisob-raqamiga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjati nusxasi.

Davlat tender komissiyasi tomonidan savdoning birinchi bosqich yakunlari boʼyicha qarori qabul qilingan kundan boshlab, 3 ish kuni mobaynida jarayonning birinchi bosqichi natijalari boʼyicha Davaktiv agentligi tomonidan o‘zining rasmiy veb sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallari orqali axborot beriladi hamda birinchi bosqichda ishtirok etgan barcha talabgorlarga rasmiy xabarnoma yuboriladi.

Davaktiv agentligining rasmiy veb saytida savdoning ikkinchi bosqichi boshlanganligi to‘g‘risidagi eʼlon chop etilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida savdoning ikkinchi bosqichida qatnashish uchun mazkur eʼlonning 2-ilovasi (jismoniy shaxslar 2a-ilovasi)dagi ariza namunasi toʼldirilib (tasdiqlangan holda) “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali takliflar taqdim etiladi.

Takliflar quyida talab etiladigan hujjatlarning skaner qilingan varianti (kodlangan holda) “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali yuboriladi:

davlat aktivini sotib olishga talabgorning narx taklifi;

davlat aktivini sotib olish to'lovlarini amalga oshirishning muddatlari bo'yicha taklif;

talabgorning oxirgi 3 yillik moliyaviy hisoboti (buxgalteriya hisobotining 1 va 2-shakllari) nusxasi (rezidentlar uchun hisobot qabul qilinganligi to‘g‘risidagi soliq organlarining tasdig‘i hamda moddiy va nomoddiy aktivlarga hisoblangan amortizatsiya va aktivlarni qayta baholash ko‘rsatkichlari bilan birga).

Bunda, talabgor tomonidan oʼz moliyaviy hisobotlari boʼyicha toʼlov qobiliyati yetarli boʼlmasa, taʼsischisi yoki benefitsiarining oxirgi 3 yillik moliyaviy hisoboti (buxgalteriya hisobotining 1 va 2-shakllari) nusxasini (rezidentlar uchun hisobot qabul qilinganligi to‘g‘risidagi soliq organlarining tasdig‘i hamda moddiy va nomoddiy aktivlarga hisoblangan amortizatsiya va aktivlarni qayta baholash ko‘rsatkichlari bilan birga) taqdim etishi mumkin. Bunday hollarda taʼsischi yoki benefitsiarning talabgor manfaati uchun to‘lovlarni amalga oshirish yuzasidan tasdiq xati ilova qilinishi shart;

talabgorning to'lov qobiliyatining yetarliligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (depozit sertifikati, bank kafolati). Bu hujjatlar talabgor tomonidan o‘zining moliyaviy hisobotlari bo‘yicha to‘lov qobiliyati yetarli bo‘lmagan hollarda taqdim etiladi.

Аlohida shartlar:

talabgorlar tomonidan bir yoki bir nechta davlat aktivi bo‘yicha takliflar taqdim etilishi mumkin. Bunda, har bir davlat aktivi bo‘yicha takliflar alohida beriladi;

kamida besh yil davomida don korxonalarining asosiy faoliyat turi saqlab qolinadi va mavjud don saqlash sig‘imlari kamaytirilmaydi;

qonunchilikda belgilangan tartibda davlat zaxirasi uchun saqlanadigan don hajmlarini shartnomalar asosida haq toʼlash evaziga saqlab beriladi;

davlat aktivi boʼlib-bo‘lib toʼlash sharti bilan sotilganda dastlabki to‘lov summasi 35 foizdan kam boʼlgan holatlada qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilangan tartibda yillik foizlar hisoblanadi;

davlat aktivini sotib olish boʼyicha birinchi bosqichda bitta taklif kelib tushgan hollarda, savdolar oʼtkazilmagan deb eʼtirof etiladi;

talabgor davlat aktivini sotib olish toʼlovini bir oydan ko‘p muddatlarda (ko‘pi bilan 36 oy) amalga oshirishni taklif etganda, uning narx taklifi ushbu muddatlarni inobatga olgan holda, belgilangan tartibda joriy qiymatga keltirib baholanadi;

savdo yakunlari boʼyicha savdo g‘olibi bilan Davaktiv agentligi tomonidan xabarnoma yuborilgandan keyin belgilangan tartibda oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtiriladi (fors-major holatlari bundan mustasno) va savdolarga qatnashish uchun toʼlangan zakalat puli davlat aktivi xarid toʼlovining bir qismi sifatida qabul qilinadi;

davlat aktivi savdolari yakunlari boʼyicha g‘olib tomonidan to‘lanadigan xarid qiymatiga chegirma qo‘llanilmaydi;

savdolar yakunlari bo‘yicha savdo g‘olibi tomonidan oldi-sotdi shartnomasini tuzish rad etilsa yoki undan voz kechilsa, u tomonidan to‘langan zakalat puli miqdori qaytarilmaydi;

Davlat tender komissiyasi yoki Ishchi organ o‘z xohishiga ko‘ra hech qanday majburiyatni o‘z zimmasiga olmagan holda, har qanday vaqtda savdoni to‘xtatishi hamda savdo jarayonida talabgorlardan qo‘shimcha va/yoki aniqlashtiruvchi maʼlumotlar soʼrashi mumkin.

Zakalat pulini to‘lash uchun “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasining maxsus hisob raqami:

Milliy valyutada: so‘mda

Qabul qilib oluvchi: “E-auksion” elektron savdo platformasi;

Oluvchining hisob raqami: 20210000000792302012;

Oluvchining banki: АT “Аloqabank” Аmaliyot boshqarmasi;

STIR: 305004780;

Oluvchining bank kodi: 00401.

To‘lovchi tomonidan toʼlov topshiriqnomasining “to‘lov maqsadi” qismida: davlat aktivining nomi koʼrsatilgan holda “zakalat puli” yozuvi yoziladi.

Chet el valyutasida: АQSh dollarida

Qabul qilib oluvchi: “E-auksion” elektron savdo platformasi;

h/r: 20210840800792302005 (AQSh dollari);

SWIFT: JSCLUZ22;

To‘lovchi tomonidan to‘lov topshiriqnomasining “to‘lov maqsadi” qismida: davlat aktivining nomi ko‘rsatilgan holda “zakalat puli” yozuvi yoziladi.

Ishchi organ – Davaktiv agentligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar: Davaktiv agentligining manzili:100000, Toshket shahri, Amir Temur ko‘chasi, 6-uy.

Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun telefon raqamlar: (+99871) 259-21-78, 259-21-46.

Veb-sayt: www.davaktiv.uz.

Hurmatli tadbirkorlar!

Savdo jarayoni bo‘yicha taklif va e‘tirozlar yuzaga kelganda, Davaktiv agentligining (+99871) 259-21-46 va 259-21-78 yoki qisqa 1082 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.

Eʼlonga 1-ilova

Yuridik shaxslar uchun ariza shakli (YUKLAB OLISH)

Eʼlonga 1 a-ilova

Jismoniy shaxslar uchun ariza shakli (YUKLAB OLISH)

Tartibning 2-ilovasi

Yuridik shaxslar uchun ariza shakli (YUKLAB OLISH)

Tartibning 2a-ilovasi

Jismoniy shaxslar uchun ariza shakli (YUKLAB OLISH)

  

Ommaviy savdolarga chiqarilgan  don korxonalari va filiallaridagi davlat ulushi

t/r

Davlat aktivining nomi*

Joylashgan hududi

Davlat ulushi (%)

Lot raqami

I. Don korxonalaridagi davlat ulushlari

1.

“Qoraqalpoqdonmahsulotlari” АJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi,

Nukus shahri

80,2

 2544323

2.

“Qo'ng'irot un zavodi” АJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi,

Qo‘g‘irot tumani

95,6

2544325 

3.

“Asaka don mahsulotlari” АJ

Andijon viloyati, Аsaka tumani

65,8

2544328 

4.

“Andijondonmahsulot” АJ

Аndijon viloyati, Аndijon shahri

51,0

 2544324

5.

“Kogondonmahsulotlari” АJ

Buxoro viloyati, Kogon shahri

93,0

 2544339

6.

“Do‘stlikdonmahsulot” АJ

Jizzax viloyati, Do‘stlik tumani

90,2

2544327 

7.

“Koson don mahsulotlar qabul qilish” MChJ

Qashaqadaryo viloyati, Koson shahri

64,8

2544321 

8.

“Qiziltepa un zavodi” AJ

Navoiy viloyati, Qiziltepa shahri

93,5

 2544326

9.

“Popdonmahsulotlari” АJ

Namangan viloyati, Pop shahri

92,8

2544322 

10.

“Samarqanddonmahsulotlari” АJ

Samarqand viloyati, Samarqand shahri

72,3

2544337 

11.

“Oqtosh Don” АJ

Samarqand viloyati, Narpay tumani

57,4

 2544336

12.

“Juma elevatori” АJ

Samarqand viloyati, Juma shahri

63,8

2544338 

13.

“Xovos don mahsulotlari” АJ

Sirdaryo viloyati, Xovos tumani

94,2

2544340 

14.

“Surxondaryodonmahsulotlari” АJ

Surxodaryo viloyati, Termiz shahri

88,5

2544329 

15.

“Toshkentdonmahsulotlari” АJ

Toshkent shahri, Yashnabod tumani

51,0

2544334 

16.

“Ohangaron don” АJ

Toshkent viloyati, Ohangaron shahri

56,8

2544330 

17.

“Farg‘onadonmahsulotlari” АJ

Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri

51,0

 2544332

18.

“Qo‘qon don mahsulotlari” АJ

Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri

64,3

2544333 

19.

“Shovot don mahsulotlari” АJ

Xorazm viloyati, Xorazm shahri

51,0

2544331 

20.

“Xorazmdonmahsulotlari” АJ

Xorazm viloyati, Urganch tumani

92,2

2544335 
II. Don korxonalarining alohida mulkiy majmualari

21.

"Qo'ng'irot un zavodi" AJning

"Qanliko‘l gurish" filiali

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qanliko‘l tumani

 

 2544391

22.

“Koson don mahsulotlar qabul qilish” MChJning

"Muborak don" filiali

Qashdaryo viloyati, Muborak tumani

 

2544397  

23.

“Koson don mahsulotlar qabul qilish” MChJning

"Guzor un" filiali

Qashdaryo viloyati, Guzor tumani

 

2544392 

24.

“Popdonmahsulotlari” АJning

“Chust” filiali

Namangan viloyati, Chust tumani,

 

 2544396

25.

“Samarqanddonmahsulotlari” АJning

"Nurobod don" filiali

Samarqand viloyati, Nurobod tumani

 

 2544399

26.

“Oqtosh Don” АJning

"Kattakurgon don" filiali

Samarqand viloyati, Kattaqurg‘on shahri

 

2544400 

27.

“Surxondaryodonmahsulotlari” АJning

"Alpomish un tegirmon" filiali

Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani

 

 2544394

28.

“Ohangaron don” АJning

"Bekobod" filiali

Toshkent viloyati, Bekobod shahri

 

 2544393

29.

“Farg‘onadonmahsulotlari” АJning

"Marg‘ilon don" filiali

Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahri

 

2544398  

30.

“Qo‘qon don mahsulotlari” АJning

"Qo‘qon don" filiali

Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri

 

2544395 

 

6758 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech