Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

23 May 2023

Don korxonalaridagi davlat ulushini ommaviy savdolarga chiqarish toʻgʻrisida eʼlon

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda – Davaktiv agentligi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-168-son qarori ijrosi doirasida 2023-yilda ommaviy savdolarga chiqariladigan quyidagi don korxonalaridagi davlat ulushi (keyingi oʻrinlarda – davlat aktivi)ning ommaviy savdolari jarayonlari boshlanganligini eʼlon qiladi.

Bunda:

birinchi bosqichda – talabgorlar oldindan malakalanadi (saralanadi), jumladan, savdolarda qatnashish uchun talab qilingan hujjatlarning toʻliqligi, zakalat pulining kelib tushganligi, davlat aktividan kelgusida foydalanish yoʻnalishlariga qoʻyilgan talabdan kelib chiqib talabgor tomonidan taklif etilgan biznes konsepsiyasi loyihasining maqbul yoki maqbul emasligi koʻrib chiqiladi;

ikkinchi bosqichda – talabgorning tijorat takliflari (sotib olish narxi va toʻlovni amalga oshirish muddati), zakalat puli miqdori (narx taklifining kamida 5 foizini tashkil etishi) hamda toʻlov qobiliyati baholanadi.

Savdoning birinchi bosqichida ishtirok etish uchun talabgorlar tomonidan 2023-yil 21-iyun kuni soat 18:00 ga qadar (Toshkent vaqti bilan) oʻzbek yoki rus yoxud ingliz tillarida (talabgorning ixtiyoriga koʻra) mazkur eʼlonning 1-ilovasi (jismoniy shaxslar 1 a-ilovasi)dagi ariza namunasi toʻldirilib (imzolangan holda), quyidagi hujjatlarning skaner qilingan shakli (kodlangan holda) “E-auksion” elektron savdo platformasi  orqali taqdim etiladi:

a) yuridik shaxslar uchun:

  • yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma va uning ustavi nusxalari (talabgor tomonidan tasdiqlangan holda);
  • hujjatlar topshirilgan sanaga talabgor, uning taʼsischisi va/yoki benefitsiarining toʻliq roʻyxati (agar toʻlovga taʼsischi va/yoki benefitsiarning mablagʻi jalb etilishi koʻzda tutilayotgan boʻlsa, talabgorning ustav kapitalidagi tegishli ulushlarini va miqdorini koʻrsatgan holda);
  • davlat aktividan kelgusida foydalanish yoʻnalishlariga qoʻyilgan talabdan kelib chiqqan holda undan foydalanishning biznes konsepsiyasi loyihasi;
  • talabgor savdoda ishtirok etishi uchun sotib olishni rejalashtirgan davlat aktivi boʻyicha talabgorning oʻzi taklif etadigan qiymatdan kamida 5 foizi miqdorida zakalat puli mablagʻlarini “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasining quyida keltirilgan maxsus hisob-raqamiga oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati nusxasi.

b) jismoniy shaxslar uchun:

  • soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari uchun), pasport maʼlumotlari;
  • davlat aktividan kelgusida foydalanish yoʻnalishlariga qoʻyilgan talabdan kelib chiqqan holda undan foydalanishning biznes konsepsiyasi loyihasi;
  • talabgor savdoda ishtirok etishi uchun sotib olishni rejalashtirgan davlat aktivi boʻyicha talabgorning oʻzi taklif etadigan qiymatdan kamida 5 foizi miqdorida zakalat puli mablagʻlarini “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasining quyida keltirilgan maxsus hisob-raqamiga oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati nusxasi.

Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi tomonidan savdoning birinchi bosqich yakunlari boʻyicha qarori qabul qilingan kundan boshlab, 3 ish kuni mobaynida jarayonning birinchi bosqichi natijalari boʻyicha Davaktiv agentligi tomonidan oʻzining rasmiy veb sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallari orqali axborot beriladi hamda birinchi bosqichda ishtirok etgan barcha talabgorlarga rasmiy xabarnoma yuboriladi.

Davaktiv agentligining rasmiy veb saytida savdoning ikkinchi bosqichi boshlanganligi toʻgʻrisidagi eʼlon chop etilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida savdoning ikkinchi bosqichida qatnashish uchun mazkur eʼlonning 2-ilovasi (jismoniy shaxslar 2a-ilovasi)dagi ariza namunasi toʻldirilib (tasdiqlangan holda) “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali takliflar taqdim etiladi.

Takliflar quyida talab etiladigan hujjatlarning skaner qilingan varianti (kodlangan holda) “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali yuboriladi:

  • davlat aktivini sotib olishga talabgorning narx taklifi;
  • davlat aktivini sotib olish toʻlovlarini amalga oshirishning muddatlari boʻyicha taklif;
  • talabgorning oxirgi 3 yillik moliyaviy hisoboti (buxgalteriya hisobotining 1 va 2-shakllari) nusxasi (rezidentlar uchun hisobot qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi soliq organlarining tasdigʻi hamda moddiy va nomoddiy aktivlarga hisoblangan amortizatsiya va aktivlarni qayta baholash koʻrsatkichlari bilan birga). Bunda, talabgor tomonidan oʻz moliyaviy hisobotlari boʻyicha toʻlov qobiliyati yetarli boʻlmasa, taʼsischisi yoki benefitsiarining oxirgi 3 yillik moliyaviy hisoboti (buxgalteriya hisobotining 1 va 2-shakllari) nusxasini (rezidentlar uchun hisobot qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi soliq organlarining tasdigʻi hamda moddiy va nomoddiy aktivlarga hisoblangan amortizatsiya va aktivlarni qayta baholash koʻrsatkichlari bilan birga) taqdim etishi mumkin. Bunday hollarda taʼsischi yoki benefitsiarning talabgor manfaati uchun toʻlovlarni amalga oshirish yuzasidan tasdiq xati ilova qilinishi shart;
  • talabgorning toʻlov qobiliyatining yetarliligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (depozit sertifikati, bank kafolati). Bu hujjatlar talabgor tomonidan oʻzining moliyaviy hisobotlari boʻyicha toʻlov qobiliyati yetarli boʻlmagan hollarda taqdim etiladi.

Alohida shartlar:

  • talabgorlar tomonidan bir yoki bir nechta davlat aktivi boʻyicha takliflar taqdim etilishi mumkin. Bunda, har bir davlat aktivi boʻyicha takliflar alohida beriladi;
  • kamida besh yil davomida don korxonalarining asosiy faoliyat turi saqlab qolinadi va mavjud don saqlash sigʻimlari kamaytirilmaydi;
  • qonunchilikda belgilangan tartibda davlat zaxirasi uchun saqlanadigan don hajmlarini shartnomalar asosida haq toʻlash evaziga saqlab beriladi;
  • davlat aktivi boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilganda dastlabki toʻlov summasi 35 foizdan kam boʻlgan holatlada qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilangan tartibda yillik foizlar hisoblanadi;
  • davlat aktivini sotib olish boʻyicha birinchi bosqichda bitta taklif kelib tushgan hollarda, savdolar oʻtkazilmagan deb eʼtirof etiladi;
  • talabgor davlat aktivini sotib olish toʻlovini bir oydan koʻp muddatlarda (koʻpi bilan 36 oy) amalga oshirishni taklif etganda, uning narx taklifi ushbu muddatlarni inobatga olgan holda, belgilangan tartibda joriy qiymatga keltirib baholanadi;
  • savdo yakunlari boʻyicha savdo gʻolibi bilan Davaktiv agentligi tomonidan xabarnoma yuborilgandan keyin belgilangan tartibda oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtiriladi (fors-major holatlari bundan mustasno) va savdolarga qatnashish uchun toʻlangan zakalat puli davlat aktivi xarid toʻlovining bir qismi sifatida qabul qilinadi;
  • davlat aktivi savdolari yakunlari boʻyicha gʻolib tomonidan toʻlanadigan xarid qiymatiga chegirma qoʻllanilmaydi;
  • savdolar yakunlari boʻyicha savdo gʻolibi tomonidan oldi-sotdi shartnomasini tuzish rad etilsa yoki undan voz kechilsa, u tomonidan toʻlangan zakalat puli miqdori qaytarilmaydi;

Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi yoki Ishchi organ oʻz xohishiga koʻra hech qanday majburiyatni oʻz zimmasiga olmagan holda, har qanday vaqtda savdoni toʻxtatishi hamda savdo jarayonida talabgorlardan qoʻshimcha va/yoki aniqlashtiruvchi maʼlumotlar soʻrashi mumkin.

Zakalat pulini toʻlash uchun “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasining maxsus hisob raqami:

Milliy valyutada: soʻmda

Qabul qilib oluvchi: “E-auksion” elektron savdo platformasi;

Oluvchining hisob raqami: 20210000000792302012;

Oluvchining banki: AT “Aloqabank” Amaliyot boshqarmasi;

STIR: 305004780;

Oluvchining bank kodi: 00401.

Toʻlovchi tomonidan toʻlov topshiriqnomasining “toʻlov maqsadi” qismida: davlat aktivining nomi koʻrsatilgan holda “zakalat puli” yozuvi yoziladi.

Chet el valyutasida: AQSH dollarida

Qabul qilib oluvchi: “E-auksion” elektron savdo platformasi;

h/r: 20210840800792302005 (AQSH dollari);

SWIFT: JSCLUZ22;

Toʻlovchi tomonidan toʻlov topshiriqnomasining “toʻlov maqsadi” qismida: davlat aktivining nomi koʻrsatilgan holda “zakalat puli” yozuvi yoziladi.

Ishchi organ – Davaktiv agentligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

Davaktiv agentligining manzili: 100000, Toshkent shahri, Amir Temur koʻchasi, 6-uy.

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun telefon raqamlar: (+99871) 259-21-78, 259-21-46.

Veb-sayt: www.davaktiv.uz.

Hurmatli tadbirkorlar!

Savdo jarayoni boʻyicha taklif va eʼtirozlar yuzaga kelganda, Davaktiv agentligining (+99871) 259-22-98 va 259-22-78 yoki qisqa 1082 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.

Eʼlonga 1-ilova

Yuridik shaxslar uchun ariza shakli (YUKLAB OLISH)

Eʼlonga 1 a-ilova

Jismoniy shaxslar uchun ariza shakli (YUKLAB OLISH)

Tartibning 2-ilovasi

Yuridik shaxslar uchun ariza shakli (YUKLAB OLISH)

Tartibning 2a-ilovasi

Jismoniy shaxslar uchun ariza shakli (YUKLAB OLISH)

Ommaviy savdolarga chiqarilgan don korxonalaridagi davlat ulushi

T/r

Davlat aktivining nomi

Joylashgan hududi

Davlat ulushi (%)

Lot raqami

1

"Taxiatosh don mahsulotlari" AJ

Qoraqalpogʻsiton Respublikasi, Taxiatosh tumani

91,6

5811845

2

"Qoʻrgʻontepa don mahsulotlari" AJ

Andijon viloyati, Qoʻrgʻontepa tumani

83,7

5811865

3

"Buxorodonmahsulotlari" AJ

Buxoro viloyati, Buxoro shahri

51,84

5811862

4

"Qorakoʻldonmahsulotlari" AJ

Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumani

91,9

5811846

5

"Jizzaxdonmahsulotlari" AJ

Jizzax viloyati, Jizzax shaxri

94,4

5811850

6

"Zarbdor elevatori" AJ

Jizzax viloyati, Zarbdor tumani

94,8

5811847

7

"Qashqadaryodonmahsulotlari" AJ

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri

92,5

5811848

8

"Kamashi DMQQ" MCHJ

Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani

99,9

5811849

9

"Navoiydonmahsulotlari" AJ

Navoiy viloyati, Navoiy shahri

61,1

5811863

10

"Uchqoʻrgʻon don mahsulotlari" AJ

Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon tumani

79,3

5811858

11

"Namangandonmahsulotlari" AJ

Namangan viloyati, Namangan shahri

51,0

5811860

12

"Jomboy don mahsulotlari" AJ

Samarqand viloyati, Jomboy tumani

57,4

5811853

13

"Oqoltin don mahsulotlari" AJ

Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani

89,3

5811864

14

"Shoʻrchi don mahsulotlari" AJ

Surxondaryo viloyati, Shoʻrchi tumani

64,3

5811859

15

"Gʻalla-Alteg" AJ

Toshkent shaxri, Yashnobod tumani

51,0

5811852

16

"Bagʻdod don mahsulotlari" AJ

Fargʻona viloyati, Bagʻdod tumani

54,8

5811855

17

"Quva don mahsulotlari" AJ

Fargʻona viloyati, Quva tumani

51,0

5811854

18

"Xonqa don mahsulotlari" AJ

Xorazm viloyati, Xonqa tumani

67,5

5811856

19

"Bogʻot don" AJ

Xorazm viloyati, Bogʻot tumani

65,5

5811851

 

2587 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech