Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

29 Mart 2024

28-mart sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

443 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 35,1 mlrd so'm bo'lgan 508 ta lot 49 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 17 ta
  • boshlang'ich narxi 4,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 5,1 mlrd so‘m
Farg'ona viloyati Qo'qon shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 965,6 mln bo'lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining Farg'ona viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi noturar joy bino 1 mlrd so'mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 100 ta
  • boshlang'ich narxi 2,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 3,8 mlrd so‘m

Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 109,7 mln so‘m bo‘lgan Toshkent shahar kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi balansidagi bo'sh maydon 504,6 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:
  • soni 52 ta
  • boshlang'ich narxi 2,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 5,3 mlrd so‘m
  • yer maydoni 4,8 ga
Buxoro viloyati Vobkent tumanidan boshlang'ich narxi 232,8 mln so‘m bo‘lgan yirik universal va ixtisoslashtirilgan do'konlar, supermarketlar, restoranlar, dehqon va kiyim-kechak bozorlari qurish uchun 13 sotix yеr uchastkasi 838 mln so‘mga sotildi.
 
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
  • soni 32 ta
  • boshlang'ich narxi 10,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 12,9 mlrd so‘m
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 32 ta
  • boshlang'ich narxi 10 mln so‘m
  • sotilgan narxi 492 mln so‘m
Jizzax viloyati Jizzax shahridan boshlang'ich narxi 0,3 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 29,9 mln so‘mga sotildi.
 
O'tkazilgan savdolarda 1 352 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10,9 trln so'm bo'lgan 123 417 ta lot savdoga qo'yilgan.
1055 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech