Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

28 Noyabr 2022

Davaktiv agentligida "Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik" mavzusida seminar bo'lib o'tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi PF-5618-son Farmonida hamda ushbu farmon ijrosi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 16 maydagi 259-son qaroriga muvofiq, Davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarning mehnat huquqi, huquqbuzarliklarning oldini olish, shartnomalar va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bilimlarini kuchaytirishga qaratilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi”ni o‘tkazib borish belgilangan.

Shu bilan birga, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining "2022-yil II yarim yil uchun Ish rejasi"da ham "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" o'tkazilishi ko'zda tutilgan.

Joriy yilning 24 noyabrida oʼtkazilgan “Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik” mavzudagi seminar-treningda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi katta prokurori Karimjon Musashayxov va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining yetakchi inspektori Saidakmal Yuldashevlar ishtirok etib, Аgentlik xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi bilim va ko'nikmalarini yanada oshirish, korrupsiyaga nisbatan qatʼiyatlilik bilan birgalikda kurashish lozimligiga eʼtibor qaratdilar.

Taʼkidlash joizki, bu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlar fuqarolar tomonidan faollik bilan qo‘llab-quvvatlangan taqdirda, ko‘zlangan natijaga erishish mumkin. Shunday ekan, seminarda korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishimiz zarurligiga, bunda korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining maqsadi korrupsiyaga boshlovchi xatti-harakatlarni amalga oshirishga sharoit yaratib beruvchi holatlarni bartaraf qilishga, uning oldini olish choralarini ko‘rgan holda harakat qilish lozimligiga urg‘u berildi.

Shu bilan birga, Davaktiv agentligi vazirlik va idoralar o‘rtasida ikkinchi bo‘lib korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro ISO 37001:2016 standarti sertifikatini qo‘lga kiritganligi alohida taʼkidlab o‘tildi.

Maʼlumot uchun: ISO 37001:2016 - bu tashkilotda korrupsiyaga qarshi samarali tizimni yaratish uchun xalqaro modelni o‘z ichiga olgan dunyodagi birinchi xalqaro standart hisoblanadi. Mazkur sertifikatni olish orqali tashkilot investorlar, tadbirkorlar, davlat hokimiyati organlari va boshqa manfaatdor tomonlarga jarayonlarni shaffof, qonuniy va jahonning ilg‘or tajribalariga mos ravishda o‘tkazishni yuqori darajada namoyish etadi.

Seminar – treningda xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar oldilar.

1755 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech