Welcome to Госактив   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госактив GSpeech
  eye                     
   
 

elon right small

 

Биз ижтимоий тармоқларда

elon right smallTelegram каналимиз

Mamlakatimiz Prezidentining “O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida” nomli kitobida ta’kidlanganidek, O’zbekistonda isloh qilishning birinchi bosqichida mulkchilikning hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitusion tarzda e’tirof etildi. Bu shakllar qaror topishi uchun teng huquqiy normalar va amal qilish mexanizmlari yaratildi. Bundan tashqari, yangi tashkil etilaёtgan ёki xususiylashtirilaёtgan, xususiy mulkchilikka ёki chet el kapitalining ishtirok etishiga asoslangan korxonalar uchun soliq sohasida ularning faol rivojlanishini rag’batlantiradigan imtiёzlar va preferensiyalarning butun boshli tizimi mavjud.

Shunday qilib, ilgari davlatga qarashli bo’lmagan, xususiy sektorni, tadbirkorlikning rivojlanishini sun’iy ravishda cheklab kelgan yuridik va tashkiliy to’siqlarning hammasi hozirgi vaqtda amalda olib tashlandi. Prezidentining 2012 yil 13 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasini tashkil etish to’g’risida”gi Farmonida belgilab berilgan asosiy vazifalar va faoliyat yo’nalishlarini ayni shu boradagi yangi bosqich qadamlari deyish mumkin.

Farmonga ko’ra, qo’mita tomonidan birinchidan, xususiylashtirish jaraёnlarini chuqurlashtirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav jamg’armalaridagi davlatga tegishli aktivlarni hamda aksiyalar paketlari (ulushlari)ni xususiy mulkka sotish, davlat mulkining xususiy mulk egalariga sotilishida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlovchi davlat tasarrufidan chiqarishning yangi shakl va usullarini joriy etish, investorlar tomonidan qabul qilingan investisiya majburiyatlari bajarilishi ustidan monitoring olib borish bo’yicha tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.

Ikkinchidan, qo’mita zimmasiga aksiyadorlik jamiyatlarining kapitallashuvi va rentabelligi o’sishini rag’batlantirish hisobiga fond bozori, ayniqsa ikkilamchi fond bozorini rivojlantirish, tadbirkorlar va aholining xabardorligini kengaytirish, ularning birja operasiyalarida faol qatnashuvini ta’minlash, bozor infratuzilmasini yanada takomillashtirish, savdolarni elektron shaklda o’tkazishga to’liq o’tish chora-tadbirlarini izchil tarzda olib borish vazifasi yuklatilgan.

Bundan tashqari aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlarning va Kuzatuv kengashlarning rolini tubdan oshirishga, minoritar aksiyadorlarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlashga, korxonalarning moliya-xo’jalik faoliyati natijalari uchun ijro etuvchi organlarning aksiyadorlar oldidagi mas’uliyatini kuchaytirishga yo’naltirilgan korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish muhim vazifalar sifatida qayd etilgan.

Qo’mita zimmasidagi vazifalar qatoriga kirgan monopoliyaga qarshi samarali tartibotlar o’rnatish hamda tovar va moliya bozorlarida raqobatning cheklanishiga yo’l qo’ymaslik, monopolistik faoliyatni cheklash va tabiiy monopoliyalar to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilib borish bilan bog’liq chora-tadbirlar ham alohida ahamiyatga molikdir. Bundan tashqari bozor munosabatlarining asosiy tamoyillaridan biri hisoblangan raqobat muhitini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni shakllantirish, tovarlar, ishlar, xizmatlar, ayniqsa ichki iste’mol bozorida va reklama sohasida nohalol raqobatga chek qo’yish chora-tadbirlarini amalga oshirish, iste’molchilarning qonuniy huquq-manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash vazifasining o’ziga xos o’rnini alohida ta’kidlash joiz.

Shuningdek, yana bir o’ziga xos yo’nalish — past rentabelli va zarar ko’rib ishlaёtgan korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini chuqur tahlil qilish, ularni keng ko’lamli chora-tadbirlar orqali moliyaviy sog’lomlashtirish, iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy qayta qurish va bankrot qilish borasidagi ishlarni bajarish qo’mita funksiyalari qatoridan o’rin olgan.

Ko’rinib turibdiki, qo’mita zimmasiga iqtisodiёtning muhim va ajralmas tarkibiy qismlarining bir-biriga muvofiq hamda bevosita bog’liq faoliyatiga doir keng yo’nalishli vazifalar yuklatilgan. Buning uchun tabiiy ravishda avvalo qo’mita tarkibiy tuzilmasini shakllantirish, oqilona mehnat munosabatlarini tashkil etish, eng asosiysi, qo’yilgan vazifalarni professional darajada bajarishga qodir kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish muhim masala hisoblanadi.

Prezident Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2012 yil 14 noyabrda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi qarorida qator chora-tadbirlar amaliёti bilan birga ayni shu jihatga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etilgan. Ya’ni, qo’mita tarkibini yuqori malakali, tashabbuskor va sof vijdonli mutaxassislar bilan to’ldirilishini ta’minlash vazifasi yuklatilgan. Zero, har qanday faoliyat samarasini ёki muvaffaqiyatini kasbiy bilim va malaka, tajriba, tom ma’noda professionallik darajasi ta’minlaydi.

Bundan tashqari mazkur qaror bilan faoliyatni samarali yo’lga qo’yish maqsadida qo’mitaning tashkiliy tuzilmasi — markaziy apparati, shuningdek, uning joylardagi organlari, ya’ni Qoraqalpog’iston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo’mitasining hamda viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmalari tasdiqlangan.

Qarorda shuningdek, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi huzurida Davlat aktivlarini boshqarish markazi tashkil etilishi belgilangan bo’lib, uning zimmasiga investisiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari hamda davlat mulkini samarali boshqarish bo’yicha davlat ishonchli vakillari faoliyatining natijadorligi yuzasidan monitoring yuritish, aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo’jalik jamiyatlari aksiyalarining davlat paketlari (ulushlari) bo’yicha, shu jumladan, ularni davlat ishonchli vakillariga, boshqaruvchi kompaniyalar va xo’jalik birlashmalariga ishonchli boshqaruvga berish yo’li bilan aksiyador (qatnashchi)ning huquqlarini ro’ёbga chiqarish vazifasi yuklatilgan. Bundan tashqari markaz tomonidan ustav fondida davlat ulushi bo’lgan aksiyadorlik va boshqa xo’jalik jamiyatlari faoliyati samaradorligini, birinchi navbatda, ishlab chiqarishni modernizasiyalash va texnik jihatdan qayta jihozlash, mahsulot tannarxini pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, sifatni boshqarishning zamonaviy tizimlarini joriy etish evaziga oshirishni ta’minlovchi chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshirilishi belgilangan.

Qarorga ko’ra, qo’mita va uning huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazining nizomlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi ko’zda tutilgan.

Hozirda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi tomonidan Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda amaldagi qonun hujjatlariga tegishli o’zgartish va qo’shimchalarni kiritish haqidagi takliflar ishlab chiqilmoqda.

Xullas, mavjud ikkita qo’mita negizida tashkil etilgan Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasining faoliyat miqёsi keng yo’nalishli bo’lib, bu esa o’z navbatida yuksak mas’uliyat bilan ёndashuvni taqozo etadi. Asosiy maqsad esa xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish hamda raqobat muhitini rivojlantirish yo’lidagi birlashgan sa’y-harakatlarni faollashtirish, pirovard natijada mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiёtini ta’minlashga qaratilgan.

??????? Orphus
Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech