Welcome to Госактив   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госактив GSpeech
  eye                     
   
 

elon right small

 

Биз ижтимоий тармоқларда

elon right smallTelegram каналимиз

Assalomu alaykum hurmatli “Davra suhbati” qatnashchilari

Bugun biz “Tijorat siri to’g’risida”gi qonun loyihasini muhokama qilish uchun to’plandik. Mazkur qonunloyiha O’zbekiston Respublikasi Davlat raqoabt qo’mitasi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan bo’lib, bugungi kunda ushbu loyiha O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etildi.

Tijorat siri – bozor iqtisodiёtining ajralmas elementi hisoblanadi. Ma’lumki, tijorat faoliyatining muvaffaqiyati avvalambor axborot oqimlaridan to’g’ri foydalanishga bog’liqdir. Bozor munosabatlari sharoitida axborot tovar hisoblanadi. Uni olish, saqlash, undan foydalanish tovar-pul munosabatlariga bo’ysunadi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan har bir sub’ekt o’z faoliyatini himoya qilishga va u uchun ahamiyatga ega bo’lgan axborotni muhofaza qilish huquqiga egadir.

Agar ruxsat bersanglar, men o’z ma’ruzamda bir qator ma’lumotlarni keltirsam. Jahon amaliёtining ko’rsatishicha keyingi yillarda tijorat siri hisoblangan axborotlardan noqoqniniy foydalanish bilan bog’liq iqtisodiy jinoyatlar ko’paymoqda.

Ponemon Institute tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra 2011 yilda tijorat siri hisoblangan axborotlardan noqoqnuniy foydalanish hisobiga etkazilgan zarar 362,9 mlrd. AQSh dollariga teng bo’lib, ushbu ko’rsatkich 2007 yilga nisbatan 2,2 marotabaga oshgan.

Attachments:
Download this file (Davra_suhbati.doc)Davra_suhbati.doc[ ]30 kB
??????? Orphus
Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech