Welcome to Госактив   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госактив GSpeech
  eye                     
   
 

elon right small

 

Биз ижтимоий тармоқларда

elon right smallTelegram каналимиз

Hurmatli forum qatnashchilari, xonimlar va janoblar!

Bugungi tadbirga yig'ilganlarni chin dildan qutlashga ijozat bergaysizlar.

E'tiboringizga havola etilayotgan taqdimotda respublika iqtisodiyotining  turli sohalaridagi davlat aktivlarini xorijiy salohiyatli investorlarga taklif qilish bo'yicha ishlab chiqilgan  xususylashtirish dasturining barcha shartlari keltirilgan.

2015 yilning aprel oyida (PQ-2340) va 2016 yilning fevral oyida (VMQ-33) qabul qilingan Dasturlar O'zbekistonning istiqboldagi rivojlanishi bilan bog'liq asosiy elementlardan biri hisoblanadi. Aksiyalari xorijiy investorlrga sotilishi belgilangan korxonalar ro'yxati xorijiy investorlar uchun  mamlakatimizda yaratilgan qulay shart-sharoitlardan dalolat beradi.

Shuni alohida ta'kidlamoqchi edim, ya'ni biz xorijiy investorlarni nafaqat moliyaviy kapital sifatida jalb qilmoqchi emasmiz, balki ularni  mamlakatga kirib kelishi iqtisodiyot uchun yangi, ilg'or va zamonaviy texnika va texnologiyalarni kirib kelishiga, korxonalarimizda zamonaviy menejmentni yo'lga qo'yilishiga yordam berishiga ko'maklashishiga urg'u beryapmiz.

Shu sababdan, respublikadagi  yirik loyihalarda xorijiy investorlrni ishtirok etishi biz uchun o'ta muhimdir. Biz bugungi kunda  xorijiy investorlar bilan o'zaro munosabatlarni yanada  mustag'kamlashga  katta e'tibor qaratayapmiz va ushbu aloqalarni  har ikkala tarafga faqat foyda olib kelishi va iqtisodiy yuksalishni yanada jadallashtirishi tarafdorimiz.

Ma'ruzamning boshida O'zbekistonda kechgan xususiylashtirish jarayonlarining tarixidan qisqacha gapirib bersam.

Xususiylashtirishga O'zbekistonda iqtisodiy islohotlarning asosiy yo'nalishi sifatida qaralgan.

Mustaqillikka erishilgan dastlabki  yillardayoq O'zbekistonda bir qator  qonunlar va me'yoriy hujjatlar qabsl qilinib, ularning ko'pchiligini negizida xususiylashtirish masalalari yotgan. Xususan, 1990 yilda MDH davlatlari ichida O'zbekiston birinchilar qatorida “Mulkchilik to'g'risida qonun”ni qabul qildi va  xususiy mulk tushunchasini qonunchilik darajasiga ko'tardi.

“Kichik xususiylashtirish” nomi bilan atalgan birinchi bosqichda (1992–1993), uy-joy fondi, savdo-sotiq, xizmatlar, mahalliy va yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, avtomobil transporti va qurilish sohalari korxonalari xususiy mulkka berildi.

Xususiylashtirishning ikkinchi bosqichi davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilishi bilan tavsiflanadi.

Bosqichma-bosqich amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonlaridan natijasida mamlaktda  mulkdorlar sinfi shakllandi.

Xususiylashtirishning uchinchi bosqichi 1998 yilda boshlandi. Ushbu bosqichda industrial tarmoqlarni,  yoqilg'i-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik sohalarini  aksiyadorlashtirish amalga oshirildi.

O'tgan asrning 90 yillarida boshlangan davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlari O'zbekiston iqtisodiyotiga  zamonaviy  texnologiyalarni, xorijiy investitsiyalarni kirib kelishiga imkoniyat yaratdi.

Bugungi kunga kelib, mamlakatmizda dunyoning 90 davlatining xorijiy kapitali qatnashgan 4 mingdan ortiq korxona faoliyat ko'rsatmoqda.

Mamlakaimiz Prezidenti muhtaram Islom Karimovning ta'kidlashicha, xozirda iqtisodiyotda davlat ishtirokini strategik va iqtisodiy darajalarini qisqartirish  dolzarb vazifadir.

Attachments:
Download this file (Taqdimot_tezis.doc)Taqdimot_tezis.doc[ ]33 kB
??????? Orphus
Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech